Rasman: Bobur Farhodov “Metallurg” o'yinchisi!
27 iyu 2022 17:46
Yangiliklar
Rasman: Bobur Farhodov “Metallurg” o'yinchisi!
"Birinchi davrani Jizzaxning “So'g'diyona” futbol klubida o'tkazgan Bobur Farhodov endilikda Bekobod jamoasi sharafini himoya etadi. Davralar oralig'idagi tayyorgarlik jarayoni hamda nazorat uchrashuvlarida o'zini ko'rsatgan Bobur Farhodov “Metallurg” jamoasi bilan shartnoma imzoladi.
Bobur Farhodov 26 yoshda. 1996 yilning 11 fevral sanasida tavallud topgan. Professional faoliyatini Toshkentning “Bunyodkor” jamoasida boshlagan Bobur Superliganing “Buxoro”, “So'g'diyona” klublarida to'p surgan. SHuningdek, xorijda – Litvaning “Miniya” jamoasida o'ynab qaytgan. Superliga bahslarida 26 uchrashuvda maydonga tushgan, 1 ta gol kiritgan, 6 marta ogohlantirilgan.
Bobur Farhodov
26 yoshda. 1996 yilning 11 fevral sanasida tug'ilgan.
Ampluasi – himoyachi
Faoliyat yuritgan jamoalari:
2019 yil – “Bunyodkor” (Toshkent)
2020 yil – “Buxoro” (Buxoro)
2021 yil – “Miniya” (Litva)
2022 yil birinchi davra – “So'g'diyona” (Jizzax)", — deyiladi klub xabarida.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar