Rasman: "Ayaks" Okamposni sotib olish huquqi bilan ijaraga oldi
01 sen 2022 10:50
Yangiliklar
Rasman: "Ayaks" Okamposni sotib olish huquqi bilan ijaraga oldi
Amsterdamning "Ayaks" klubi Ispaniyaning "Sevilya" jamoasi bilan vinger Lukas Okampos transferi bo'yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.
Argentinalik futbolchi 2023 yilning 30 iyuniga qadar ijaraga berildi. "Ayaks" ijara muddati tugagach, Okamposni sotib olish huquqiga ega. Lukas amsterdamliklar uchun Angliyaning "Manchester Yunayted"iga o'tgan Antoni o'rniga asosiy maqsad edi.
Okampos 2019 yilda "Marsel"dan "Sevilya"ga o'tgandi. Umuman olganda, u "Sevilya" safida barcha musobaqalarda 135 ta o'yin o'tkazib, 34 ta gol urgan va 15 ta golli uzatmani amalga oshirgan. U joriy mavsum 3 ta o'yinda maydonga tushdi, ammo gol ura olmadi. 28 yoshli hujumchi Argentina terma jamoasi futbolchisi hisoblanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
10 ўйинда 12 гол: Роналду яққол тўпурар
Футбол юлдузлари Рождество байрамини қандай нишонламоқда?
Нималар қиляпсан, "Астон Вилла"?! Эмери жамоаси "Челси" майдонида ҳам ғалабага эришди
"Аркадаг" кетма-кет учинчи марта Туркманистон Кубогини қўлга киритди
Fikrlar