Rasman: Amir G'alinoi Eron terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi
13 mar 2023 00:52
Yangiliklar
Rasman: Amir G'alinoi Eron terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi
Murabbiy yana Eron terma jamoasi ustozligiga qaytdi.
Amir G'alinoi rasman Eron milliy terma jamoasining yangi bosh murabbiyiga aylandi. G'alinoi Osiyo kubogi yakuniga qadar Eron termasini boshqaradi.
Malumot uchun, Amir G'alinoi bunday avval ham, yani 2006-2008 yillarda Eron termasini boshqargan. G'alinoi faoliyati davomida "Istiqlol", "Traktor", "Zob Ahan", "Sepahon" kabi Eron klublarni boshqargan. Amir G'alinoi bu tayinlovga qadar "Gol Gohar" klubini boshqarayotgandi. Kecha "Gol Gohar" bilan "Naft" jamoasini 4:0 hisobida taslim qilgan murabbiy jamoa bilan xayrlashdi va Eron termasi murabbiyligini qabul qilib oldi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
ОЧЛ-2. "Андижон" кетма-кет тўртинчи марта 0:0 ҳисобида дуранг ўйнади
Fikrlar