Rasman: “Gerta” forvardi To'xtaxo'jaevning jamoadoshiga aylandi
22 avg 2022 08:50
Yangiliklar
Rasman: “Gerta” forvardi To'xtaxo'jaevning jamoadoshiga aylandi
“Gerta” hujumchisi Isxak Belfodil faoliyatini Osiyoda davom ettiradi.
30 yoshli jazoirlik “Al Garafa” azosiga aylandi va klub bilan 2024 yil yoziga qadar shartnoma imzoladi. Avvalroq, u Osiyoda “Baniyas” jamoasi sharafini himoya qilgan.
Forvard o'tgan mavsum klub libosida 30 bahsda qatnashib, 6+3 natijaga erishdi. Futbolchi faoliyati davomida “Lion”, “Bolonya”, “Parma”, “Inter”, “Livorno”, “Standart”, “Verder” hamda “Xoffenxaym” kabi klublar sharafini ham himoya qilgan.
Eslatib o'tamiz, “Al Garafa” safida Islom To'xtaxo'jaev harakat qiladi. Jamoa Qatar yulduzlar ligasi 3 turidan keyin 4 ochko bilan turnir jadvalida 5-o'rinda bormoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar