So’nggi yangiliklar

12:15Бир қанча футбол федерациялари исроилликларни четлаштиришни талаб қилмоқда  1 12:04U-23 Осиё кубоги финал босқичига қуръа ташлаш маросими бошланди   1 11:41Расман: Ўзбекистон МТЖ 9 октябрь куни қайси термага қарши ўйнаши маълум  3 10:38Ханс-Дитер Флик ПСЖдан учралган мағлубиятга изоҳ берди  25 10:05Гвардиола "Монако"га қарши учрашувдан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  2 09:37"Реал"чилар қайтишди. Бразилия терма жамоасининг октябрь ойидаги ўйинлари учун таркиби эълон қилинди  1 09:10Sofascore. Ашурматов "Истиқлол"да дебют баҳсидаги ҳаракатлари учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  0 08:44EЧЛ. Ҳафта футболчисига кимлар номзод?  14 08:21Sofascore. "Андижон" футболчилари кечаги учрашувдаги ҳаракатлари қандай баҳоланди?  3 07:53Винисиус Жуниор дунёнинг энг кўп маош олувчи футболчисига айланиши мумкин  3 07:15ОЧЛ-2. "Андижон" – "Ал Аҳли" 0:0   1 02:10ЕЧЛ. "Арсенал", "Боруссия Д" ва "Наполи"да ғалаба "Юве"да дуранг ва бошқа натижалар  18 02:00ЕЧЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда "Монако" билан дуранг ўйнади  6 01:55ЕЧЛ. ПСЖ Рамушнинг охирги дақиқалардаги голи эвазига "Барселона"ни мағлубиятга учратди  175 01:20ОЧЛ 2. "Ал Ҳалдия" ўз уйида "Арқадағ"ни мағлубиятга учратди. "Андижон" жойлашган гуруҳда ҳолат қандай?  4

Rashidov “Nasaf”ga qarshi o'ynaydi Yangiliklar

Rashidov “Nasaf”ga qarshi o'ynaydi

Hamyurtimiz Sardor Rashidov o'ynayotgan “Al Jaish” kelayotgan ikki turda “Nasaf” bilan bellashadi.

Doxaliklar “Al Ayn”ni ikki marta dog'da qoldirib, o'zlarining maqsadlari jiddiy ekanini isbotlab ulgurishdi. Buni “Jaish” qarshiliklar bilan o'yinlarda ham ko'rsatishga urinib ko'rishi tabiiy.

2007 yil tashkil etilgan jamoa 2011 yil yuqori ligaga yo'llanma olgan. Debyut mavsumida ikkinchi, keyin esa uchinchi o'rinni egalladi. Ayni paytda jamoa 2-o'rin uchun kurashmoqda. “Al Rayyan” allaqachon chempionlikni qo'lga kiritishga ulgurdi.


“AL JAISH” SPORT KLUBI

Tashkil etilgan yili: 2007

Stadioni: “Abdulloh Bin Xalifa”, 12 ming tomoshabinga mo'ljallangan

Rahbari: Hamad Ali Al Attiya

Bosh murabbiyi: Sabri Lyamushi (Franciya)

O'tgan mavsum Qatar chempionatida uchinchi o'rinni egallagan.

Erishgan yutuqlari: Qatar Kubogi sohibi 2013, Qatar Valiahd SHahzodasi Kubogi g'olibi 2014.

Jamoani franciyalik mashhur mutaxassis Sabri Lyamushi boshqarmoqda. U faoliyatida “Oser”, “Monako”, “Parma”, “Inter” va “Marsel” kabi klublar sharafini himoya qilgan. Ikki yildan ortiqroq Qatarda o'ynagan. 2014 yildan buyon “Al Jaish”ga ustozlik qilib kelyapti. Lyamushi Franciya terma jamoasida ham to'p tepgan va Kotd Ivuar termasi bilan 2014 yil Braziliyadagi mundialda bosh murabbiy sifatida qatnashgan. 


Sabri LYAMUSHI

Tug'ilgan sanasi: 09.11.1971

Tug'ilgan joyi: Lion, Franciya

Futbolchilikdagi ampluasi: yarim himoyachi

O'ynagan jamoalari: 1990–1994 “Ales” 106 (26), 1994–1998 “Oser” 129 (19), 1998–2000 “Monako” 56 (4), 2000–2003 “Parma” 90(7), 2003–2005 “Inter” 16 (0), 2004–2005 “Jenoa” 20 (1), 2005–2006 “Marsel” 36 (5), 2006–2007 “Al Rayyan” 7 (6), 2007–2008 “Umm Salal” 10(1), 2009 “Al Xaritiyat”.

Franciya terma jamoasida 1996–2001 yillarda 12 o'yinda 1 gol urgan.

Boshqargan jamoalari: 2012–2014 Kotd Ivuar, 2014 yildan “Al Jaish”da.


Ushbu klub safida milliy terma jamoamiz azosi Sardor Rashidov to'p tepishini muxlislarimiz yaxshi bilishadi. Uni OCHL uchun qatarliklar hujumchi sifatida ro'yxatdan o'tkazishgan. “Jaish” legionerlar limitidan to'liq foydalangan. Himoyachi Lukas Mendes Braziliyadan bo'lib, “Koritiba” va “Marsel” jamoalarida faoliyat olib borgan. Vagner Ribeyro ishqibozlarga arab mamlakatlaridagi o'yinlari bilan tanilgan. Etakchi futbolchi bo'lib turgan Romarino esa “Korintians” sharafini himoya qilgan. Aynan shu hujumchi jamoaning asosiy ijodkorlik ishlari bilan mashg'ul bo'ladi. Tarkibda yana Qatarda ko'zga ko'ringan 3-4 nafar mahalliy futbolchilar bor.


Darvozabonlar

1. Fahad Yunus

16. Xalifa Ndiaye

22. Saud Xatir

Himoyachilar

2. Murod Naji

3. Abdulla Almisaki

4. Lukas Mendes (Braziliya)

8. Yusuf Mufta

19. Abdurahmon Issa

21. Ali Sanad

67. Jasim SHnin

77. Abdulaziz Muhannadi

96. Jassim Abdulrahmon

Yarim himoyachilar

5. Muhammad Jabri

6. Yosir Abubakar

7. Vesam Rizq

13. Saloh Alyahri

14. Muhammad Meznani

17. Otman Alyahri

18. Muhammad Jedo

20. Vagner Ribeyro (Braziliya)

23. Xolid Alzereq

27. Ahmad Muin

Hujumchilar

9. Hamid Abdurazzoq

10. Sardor Rashidov (O'zbekiston)

12. Majid Muhammad

31. Romarino (Braziliya)


Behzod Nazarov

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика