So’nggi yangiliklar

00:45Италия Суперкубоги Саудия Арабистонида ўтказилади. Тақвим маълум  0 00:15Уэйн Руни Англия терма жамоасининг энг яхши ўйинчиси кимлигини айтди  1 23:28Ўзбекистон терма жамоаси Эронга қарши ўйинга тайёргарлик кўрмоқда. Элдор Шомуродов билан кичик интервью  0 22:46Андрес Иньеста 2010 йилги "Олтин тўп" ҳақида гапирди  9 22:05Ҳарри Магуайр бир неча ҳафтага сафдан чиқди  0 21:29Серхио Агуэро "Барселона"ни судга берди  6 21:03Асрор Алиқулов: "Қўқон-1912"га қарши дуранг унчалик ҳам ёмон натижа эмас"  1 20:38Шомуродов, Ўрунов, Юсупов, Файзуллаев ва Ҳусанов ҳам машғулотларга киришди ГАЛЕРЕЯ  29 20:11Мбаппе – "Реал"нинг сентябрдаги энг яхши футболчиси  3 19:33Гравенберх: "Слот ўз кучимга ишонишимга ёрдам бермоқда"  0 19:03Элдор Шомуродов: "Эронга қарши ўйин, Қирғизистонга қарши баҳсдан осонроқ бўлади"  29 18:31ПРО-Лига. "Қўқон-1912"га қарши баҳсда "Машъал" сўнгги дақиқаларда мағлубиятдан қутулиб қолди  8 17:53Эдер Милитао яна жароҳат олди  4 17:24"Барселона" эътиборини "Лилль" ҳимоячисига қаратди  3 16:53Артета Кай Хаверцнинг сирини ошкор қилди  2

Ramziy terma jamoaga taklifim bor, Akbar To'raev! (Bekzod Tolibov blogi) Yangiliklar

Ramziy terma jamoaga taklifim bor, Akbar To'raev! (Bekzod Tolibov blogi)

O'zbek futbolining ashaddiy ishqibozlari kutgan va sog'ingan o'sha mashhur "o'zbek klasikosi" kecha bo'lib o'tganidan xabaringiz bor.

Bu haqida turli OAVlar bir necha kundan beri bong urdi, saytimizda ham Abdulaziz Iskandarov bir qator turkum maqolalarni o'quvchilar etiboriga havola etdi. Afishasi juda yuqori o'yin edi, kutilganidek o'tdi ham.

Hozir Abror Ismoilovning maydondan chetlatilishi yoki Aleksandr Esichning inobatga olinmagan goli haqida gapirmoqchi emasman. Bu haqida gapiradigan mutaxassislar bor, gapirishdi ham. Nima haqida yozmoqchi ekanimni sarlavhani o'qigandayoq tushungansiz, albatta kechagi o'yin qahramoni Akbar To'raev to'g'risida. 32 yoshli posbon ushbu o'yinda haqiqatdan ham qahramonga aylana oldi. Garchi jamoasi yutqazgan bo'lsa ham tajribali darvozabon "Paxtakor" vakillari tomonidan yo'llangan bir nechta "qaytarib bo'lmas" zarbalarini bartaraf eta oldi, chindan ham qahramon. O'zPFL yaxshi ananani yo'lga qo'yib olgan, har bir o'yindan so'ng eng yaxshi futbolchi nomi elon qilinadi. Etibor bilan kutib turdim, musobaqa tashkilotchisining tanlovi ham kutilganidek aynan Akbar To'raev bo'lib chiqdi. O'yinni ko'rgan bo'lsangiz, siz ham albatta fikrimga qo'shilasiz, kecha "Neftchi" posboni fantastik seyvlarni amalga oshirdi. Goh oyoqda, gohida qo'li bilan toshkentliklar tomonidan yo'llangan zarbalarni qaytarib bejizga O'zbekistonning 5 karra chempioni darvozasida emasligini isbotladi. Qaysi yili ekani aniq yodimda yo'q, To'raev "Lokomotiv" - AGMK o'yinida o'z darvozasidan ketma-ket 4 ta to'p o'tkazib yuborib, juda ko'p tanqidlarga sabab bo'lgandi. O'shanda bu posbonga achingandim ham. Ammo u o'sha o'yindan keyin yo'qolib qolmadi, ruhan sinmadi, intildi, harakat qildi va mahoratli posbon ekanini bugunga qadar ham isbotlab kelmoqda. Biron kun uchrashib qolsam, albatta futbolkasini so'rayman.

Keling, endi siz bilan mazkur uchrashuv borasida kichik tahlilni amalga oshirsak. Butun boshli o'yin haqida gapirmaymiz, chunki saytimizda uchrashuvning matnli translyaciyasi to'liq amalga oshirildi. Golning va yuzaga kelgan vaziyatlarning videolari bor, bemalol ko'rib olishingiz mumkin. Biz siz bilan faqatgina Akbar To'raevning tahsinga sazovor seyvlarini tahlil qilib ko'ramiz. Hammasini ham emas, o'sha majoziy manoda aytilganida "qaytarib bo'lmas" degan tarifga mos keladiganlarini.




1-seyv. 53-daqiqada Dragan CHeranning uzatmasidan so'ng Farrux Sayfievning zarbasini Akbar To'raev ushlab olishga erishdi. "Paxtakor" himoyachisi milliy terma jamoamizning asosiy futbolchilaridan biri ekanini inobatga olsak, uning zarbasini qaytargan olgan To'raevga tasanno aytsa arziydi.

2-seyv. To'raevning o'yindagi eng yorqin seyvi 64-daqiqada yuzaga keldi. Hojiakbar Alijonovning chap qanotdan kirib borib yo'llagan uzatmasidan so'ng Azizbek Turg'unboev chamasi 5-6 metrlardan darvoza tomon zarba yo'llagandi, "Neftchi" posboni to'pni oyoqlari bilan qaytardi! Ushbu vaziyatni ko'rmay qolgan bo'lsangiz, sizda saytimiz orqali takroran tomosha qilish uchun bir nechta variantlar mavjudligini eslatib o'taman.

3-seyv. 64-daqiqa. Yana Turg'unboev va yana o'sha Akbar To'raev. "Paxtakor" yarim himoyachisi bu safar jarima maydoni tashqarisidan kuchli va aniq zarba yo'llagandi, darvozabon mahorat bilan to'pni maydon tashqarisiga urib yuborib, juda chiroyli seyvni amalga oshirdi. Xatto Evropa futbolida har doim ham bu kabi chiroyli zarba va unga monand seyvni uchratavermaysiz.

"Neftchi" posboni o'yin davomida yana bir nechta seyvlar ijro etdi, biz faqat eng yorqin ko'ringanlari haqida so'z yuritdik xolos. OAVlarga tur ramziy terma jamoasiga Akbar To'raevni kiritish taklifini bergan bo'lardim, u bunga chindan ham haqli. Bu borada ham qiyin tanlov yuzaga kelayapti, kuni kecha "Olimpik" posboni Vladimir Nazarov tajribali Murod Xolmuhammedovning 11 metrlik nuqtadan yo'llagan zarbasini antiqa uslubda qaytardi, u ham albatta ramziy terma jamoaga munosib. SHu kunlarga etib kelayapmiz ekan, demak milliy chempionatlarimizda o'sish borligi ko'rinmoqda. Kechagi "o'zbekona klasiko" ijrochilariga kutilganidek yorqin o'yin taqdim etib bera olganliklari uchun minnatdorchilik bildirsang arziydi.



Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика