Ramosning Peres bilan munosabatlari butunlay yomonlashdi
28 may 2019 10:30
Yangiliklar
Ramosning Peres bilan munosabatlari butunlay yomonlashdi
Futbolchining klub prezidenti Florentino Peres bilan munosabatlari butunlay yomonlashib ketdi va ular deyarli muloqot qilishmayapti.
Ramos hali ham Peresni "Ayaks"dan uchralgan mag'lubiyat uchun ayblamoqda. Bundan tashqari, 33 yoshli futbolchi "Real" rahbariyati bilan uchrashishi va shu yozda klubdan ketishini aytib o'tgan. Ramosda Evropa top-klublaridan takliflar bor. SHuningdek, Xitoy klublaridan ham. Lekin "Real" sardorini bepul qo'yib yubormoqchi emas va uning transferidan pul ishlab olmoqchi.
Peres va Ramos o'rtasidagi birinchi mojaro CHempionlar Ligasidan chiqib ketganidan so'ng sodir bo'lgandi. "Ayaks" bilan o'yindan so'ng prezident kiyinish xonasiga kirib kelgan va futbolchilarga baqirgan. Keyinchalik, u Peresga ketish bilan taxdid qilgan. "Menga qo'yib bering, men ketaman", - degan Ramos.
Fikrlar