Ramos va Neymar keyingi hafta mashg'ulotlarga kirishadi. 14 fevralda "Bavariya" bilan o'yin
04 fev 2023 13:39
Yangiliklar
Ramos va Neymar keyingi hafta mashg'ulotlarga kirishadi. 14 fevralda "Bavariya" bilan o'yin
PSJ Neymar va Serxio Ramosning jarohati bo'yicha malumot berdi.
Franciya klubi futbolchilar keyingi haftada mashg'ulotlarga qaytishini malum qildi. Xabarda keltirilishicha, Neymar va Serxio Ramos chovi shikastlangan.
Neymar o'tgan gal Liga 1 doirasidagi PSJ – "Monpele" uchrashuvini o'tkazib yuborgandi. Braziliyalik futbolchi mushaklari zo'riqishi tufayli maydonga tushmasligi aytilgandi.
Ramos ham "Monpele"ga qarshi o'yinning birinchi bo'limida jarohatlangan edi.
CHempionlar Ligasi 1/8 finali doirasidagi PSJ – "Bavariya" uchrashuvi 14 fevralga belgilangan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
ОЧЛ-2. "Андижон" кетма-кет тўртинчи марта 0:0 ҳисобида дуранг ўйнади
ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади
Fikrlar