Ramos "Real" futbolchilari tanqid qilingan postga layk qo'ydi
31 okt 2018 14:42
Yangiliklar
Ramos "Real" futbolchilari tanqid qilingan postga layk qo'ydi
"El-Klassiko"dagi yirik mag'lubiyatdan (1:5) so'ng, ispaniyalik himoyachi "Qirollik klubi" futbolchilari tanqid qilingan postga layk qo'ydi.
"Etar, bas. Bu nima? Sizlar qaysi klub futbolkasini kiyayotganingizni bilasizmi? Esingizdami? Nega Kurtua darvozamizni qo'riqlayapti? U posbonligini biladimi? Tibodan foyda yo'q. Himoya yo'q - Nacho juda yomon formada, Varan jahon chempioni bo'lganidan so'ng nima qilishni bilmayapti.
Faqat Marselo va Ramos nimadir qilishdi, biroq ular ham himoyada xatolarga yo'l qo'yishdi. Yarim himoya? Bunday poziciya yo'q. Hujum? Hujum ham yarim himoyadek. Murabbiy. Uni haydashadi. Futbolchilar xohishsiz o'ynayotgani tufayli bu narsalar ro'y berdi. Ular maydonda shunchaki yugurib yurishibdi. Davom ettirishni istamayman, aks holda bu jamoaning muammolariga to'la katta postga aylanib ketadi" - deyiladi postda.
Eslatib o'tamiz, "El-Klassiko"dagi mag'lubiyatdan so'ng "Real" rahbariyati Xulen Lopetegini istefoga chiqardi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Суперлига. Шиддатли кечган Пойтахт дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни мағлуб этди
Fikrlar