Ramos aytgan gaplarini tan olmadi
14 fev 2019 11:31
Yangiliklar
Ramos aytgan gaplarini tan olmadi
"Real" himoyachisi Serxio Ramos "Ayaks" ustidan qozonilgan g'alabadan (2:1) so'ng, turnirning keyingi bosqichlarida diskvalifikaciya bo'lmaslik uchun atayin sariq kartochka ishlaganini tan oldi.
89-daqiqada u Kasper Dolbergga qarshi qo'pollik ishlatdi. SHunday qilib, Ramos javob o'yinini o'tkazib yuboradi.
"Kartochkani atayin olmadim desam aldagan bo'laman. Raqibga past nazar bilan qarab, g'alaba qozondik deb o'ylash noto'g'ri" - dedi himoyachi o'yindan keyin.
Keyinroq u "Tvitter" orqali so'zlarini rad etdi.
"Diskvalifikaciya menga ozor beradi. Atayin sariq kartochka olganim yo'q, "Roma" bilan o'yinda ham shunday bo'lgan. Endi "Real"ni tribunadan qo'llab quvvatlayman. Jamoamning keyingi bosqichga chiqishiga umid qilaman" - deb yozdi Ramos.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Суперлига. Шиддатли кечган Пойтахт дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни мағлуб этди
Fikrlar