Rahmon Rizoi: "O'zbekistonning imkoniyatini past baholamasligimiz kerak"
19 noy 2023 13:51
Yangiliklar
Rahmon Rizoi: "O'zbekistonning imkoniyatini past baholamasligimiz kerak"
Eron yordamchi murabbiyi Rahmon Rizoi JCH-2026 saralash bosqichidan o'rin olgan O'zbekistonga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"O'zbekistonga qarshi o'yin qiyin o'tadi. Yigitlar diqqatini jamlagan holda odatdagidek o'z o'yinini ko'rsatishsa, raqibni mag'lub etishi mumkin.
Yaqin davr mobaynida o'zaro qarama-qarshiliklarni solishtiradigan bo'lsak, bo'lajak to'qnashuv eng qiyini bo'ladi. Bu jamoa haqida etarlicha malumotga egamiz. Raqib imkoniyatini past baholab, xatoga yo'l qo'ymasligimiz lozim", - dedi eronlik mutaxassis.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston – Eron uchrashuvi 21 noyabr kuni 18:00 da start oladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar