So’nggi yangiliklar

17:08TVCOM'да бугунги тақвим: АПЛ ўзбек шарҳида ва бошқалар  0 16:39ФИФА платформасига интеграция: ПФЛ клубларга қатъий талаб қўйди  1 16:14"2027 йилги футбол бўйича U-20 Жаҳон чемпионатига тайёргарлик кўриш ва уни ўтказиш чора-тадбирлари тўғрисида"ги Президент Қарори эълон қилинди  0 15:40Тошкент футболи — 100 ёшда  2 15:18МЮ истеъдоди атрофида ажиотаж: 12 та клуб у учун саф тортди  1 14:50Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячисини мақтади  2 14:22Ла Лигада навбатдаги истеъфо  0 13:53Ван Дейк Салоҳ билан суҳбати ҳақида гапирди  2 13:24"Эмери эффекти": "Астон Вилла" клуб рекордини ўрнатди  9 12:56Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади  33 12:28Мадрид клуби "Манчестер Юнайтед" ҳимоячисини кузатмоқда  2 11:57Ўзбекистоннинг икки гранди МТЖ аъзосига қизиқмоқда  18 11:31Водий клуби "Нефтчи" легионерига кўз тикди  6 10:44Педри Мессининг 15 йил аввал ўрнатган рекордини янгилади  2 10:16"Ливерпуль" собиқ устози Саудия клубини бошқаришга розилик берди  2

Rade Petrovich: "O'yinni 60 daqiqa nazorat qilib g'alaba qozondik" Yangiliklar

Rade Petrovich: "O'yinni 60 daqiqa nazorat qilib g'alaba qozondik"

Superliga 24-turidan o'rin olgan "Sho'rtan" - "So'g'diyona" (1:2) uchrashuvidan so'ng "So'g'diyona" yordamchi murabbiyi Rade Petrovich matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida fikringiz?

- Safarda chiroyli o'yin ko'rsatib g'alaba qozondik. O'yinni 60 daqiqa nazorat qildik deb o'ylayman. "Sho'rtan" darvozaboni o'z darvozasini yaxshi qo'riqladi. Bizda ham imkoniyatlar bo'ldi. Raqibda ham ko'p imkoniyatlar yuzaga keldi. Bahs qiyin kechishini bilardik. G'uzor jamoasi Jizzaxda bizga ancha qarshilik ko'rsatib durang qayd etgandi. Umuman olganda "Sho'rtan" yaxshi jamoa.

- Bugun jamoa bosh murabbiyi Ivan Boshkovichni maydonda ko'rmadik.

- Bosh murabbiyimizda sariq kartochkalar to'rtta bo'lgandi, shu bois qaydnomaga kiritilmadi va zaxira o'rindig'ida o'tirmadi. Bunday holat o'tgan yil ham sodir bo'lgandi. Biz birgalikda uch yildan beri ishlayapmiz, Boshkovichni yaqindan bilaman. Uning ehtiroslarga berilishini tushunaman, chunki doim g'alaba qozonishni xohlaydi. Keyin o'yinda bosh murabbiy jamoa bilan birga bo'ladi.



- Ikkinchi taymda "Sho'rtan" ancha yaxshi harakat qildi. 

- Men ham shu fikrdaman. Aytdim-ku, biz 60 daqiqacha o'yinni nazorat qildik. Keyin ustunlik mezbonlar tomonga o'tdi. Bu jamoaning oxirgi o'rinda borayotgani meni hayron qoldiradi, chunki "Sho'rtan" yaxshi o'yin ko'rsatmoqda.

- G'uzorliklarda bosh murabbiy o'zgargani jamoa o'yinida bilindimi?

- Bilasizmi, birinchi davrada biz bilan o'yingacha ham "Sho'rtan"da murabbiy o'zgargandi. Yangi murabbiy o'zini ko'rsatadi degan umiddaman.



Reyting:    

Fikrlar

   
06 okt 00:53:25
⏳️⌚️
Бошкович яхши мураббий у бошчилигида Сугдиёна кейинги йил натижа килади.
Энг асосийси жамоада уйин бор таркиб хам чакки эмас
   
05 okt 20:47:13
"Булунгур"
Шуртанни дарвазобони хакикатдан яхши экан,Шохрух Динамо бн хам анча голларни кайтарди
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика