Alisher Odilov: "Xato qilishga haqqimiz yo'q edi. Bugun butun vodiy birlashdi"
22 noy 18:39
Yangiliklar
Alisher Odilov: "Xato qilishga haqqimiz yo'q edi. Bugun butun vodiy birlashdi"
- Uchrashuv oldidan jamoa ichidagi vaziyat haqida nima deya olasiz? Chempionlikni qo'lga kiritish bir qarashda osondek tuyuladi, ammo aslida ortiqcha bosimni yuzaga keltiradi. Ichkaridagi atmosfera qanaqa edi?
- Barcha farg'onaliklarni g'alaba bilan tabriklayman! Ichki muhit alo darajada edi. Xato qilishga haqqimiz yo'q edi. Allohga shukrki, 24 yil deganda chempionlikni taqdim etdik.
- "To'y uchun hammasini bajaryapmiz, ishqilib futbolchilar yutib bersin" degan gap-so'zlar bo'ldi. Bu futbolchilarga bosim yuklamadimi?
- Bosim albatta bo'ldi. Tayyorgarlik 2 kun oldin boshlanib ketgandi. Toshkentdan usti ochiq avtobus keltirildi. Bosim juda katta edi. Bugun butun vodiy birlashdi. O'yindan oldin futbolchilar borimizni berishga kelishib olgandik.

- Hisob 4:1 ligini ko'rganlar, "Neftchi" osongina g'alabaga erishdi deb o'ylaydi. Aslida qanchalik qiyin bo'ldi?
- "Qizilqum"dan jiddiy qarshilik kutgandik. Bunday atmosferada to'p tepish raqibga qiyinchilik tug'dirdi deb o'ylayman.
- Mavsum boshida "Neftchi"ning natijalari unchalik yaxshi emasdi, lekin mavsum o'rtasiga kelib holat yaxshilanishni boshladi. Qachon burilish nuqtasi yuzaga keldi?
- Avvalo, hammasi Allohdan. Birinchi davrada omad etishmadi deb o'ylayman. Ikkinchi davrada hokim jamoaga qattiq etibor bera boshladi. Sabab shunda degan fikrdaman.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Пахтакор" "Насаф"ни мағлуб этиб, турнир жадвалида ортда қолдирди
Суперлига. Бугун 3 та учрашув бор
ФИФА Роналду мухлисларининг танқидлари ортидан Жаҳон чемпионати постерини ўчириб ташлади
Рўзиқул Бердиев "Пахтакор" майдонидаги мағлубиятдан кейин нималар деди?
Fikrlar