So’nggi yangiliklar

12:16"Бавария" ноябрда 3 асосий ўйинчиси сафга қайтишидан умидвор  0 11:45"Сўғдиёна" 6 йилдан буён Жиззахда ОКМКни ютолмаяпти  2 11:21Про лига. 14-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  0 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар сифатида кўраётган футболчисига 100 миллион евро тўлашга тайёр  3 10:44"Сурхон" Наманганда нечта ғалабага эришганини биласизми?   3 10:21Антони Марсьяль фаолиятини Мексикада давом эттиради  2 09:502026 йилги УEФА Суперкубоги қайси стадионда бўлиб ўтиши маълум  0 09:18"Рома"нинг собиқ устози Эронни бошқариши мумкин  16 08:43Sofascore. "Бани Яс" мағлуб бўлди. Мозговой неча баҳо олди?  1 08:10Файзуллаевнинг трансфери иккинчи бўлди  3 07:35Суперлига. Бугун Жиззахда ва Наманганда ўйинлар бор  4 06:35Суперлига. "Машъал" — "Шўртан" 2:1   0 01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  6 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  2 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  24

Qozog'istonda legionerlarni davlat byudjetidan moliyalashtirish taqiqlanadi Yangiliklar

Qozog'istonda legionerlarni davlat byudjetidan moliyalashtirish taqiqlanadi

Qozog'iston Respublikasi Turizm va sport vazirligi qonun darajasida chet ellik sportchilarni davlat mablag'lari hisobidan moliyalashtirishni man etadi.

Qozog'iston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Markaziy aloqalar xizmati efirida vice-vazir Serik Jarasbaevning malum qilishicha, endi Qozog'istonda futbol, xokkey va boshqa sport klublarida o'ynaydigan chet ellik o'yinchilar davlat byudjeti hisobidan maosh olmaydi. Bu norma Turizm vazirligining yangi qonun loyihasida belgilab qo'yiladi.

Shuningdek, unda asossiz yuqori to'lovlarning oldini olish maqsadida sportchilar maoshlariga cheklov o'rnatish hamda futbol va boshqa sport klublarini moliyalashtirish uchun chegaralar belgilash ko'zda tutilgan.

Bunday norma 2020 yildan beri amalda bo'lsa-da, faqat hukumat bayonnomasi darajasida tasdiqlangandi. Shu sababli u mintaqalarda har doim ham to'liq bajarilmagan.

Jismoniy tarbiya va sport masalalari hamda ortiqcha tartibga solishni bekor qilish bo'yicha vazirlikning qonun loyihasi Majlis tomonidan allaqachon maqullandi. Bu voqea 2025 yil 29 yanvarda yuz berdi va shundan so'ng loyiha Senatga yuborildi.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика