Elit OCHL. "Traktor" bosh murabbiyi Dragan Skochich: "Agar ikkinchi golni urganimizda yanada xotirjam bo'lardik"
24 noy 22:49
Yangiliklar
Elit OCHL. "Traktor" bosh murabbiyi Dragan Skochich: "Agar ikkinchi golni urganimizda yanada xotirjam bo'lardik"
O'yindan keyingi matbuot anjumanida "Traktor" klubi bosh murabbiyi Dragan Skochich o'z fikrlarini bildirdi.
- O'yin haqida fikringiz?
- G'alaba uchun barchaga rahmat: jamoamiz murabbiylar shtabiga, futbolchilarga va klubimiz rahbariyatiga. O'ylaymanki, birinchi taymda nazorat qo'l ostimizda bo'ldi. Biz ham, raqib ham gol urishi mumkin edi. Vaziyatlar yaratildi, qiziq uchrashuv kechdi. Lekin ikkinchi taymda biroz o'yinimiz o'xshamadi, ustunlik ko'proq raqib tomonga o'tdi. Agar ikkinchi golni urganimizda yanada xotirjam bo'lardik. Lekin yakunda kichik hisobdagi g'alaba ham xursand qildi.
Uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi Regi Lushkya:
- Gol urganimdan xursandman, lekin eng muhimi g'alaba qozonganimiz bo'ldi. Juda qiyin bahs o'tkazdik. Mehmonda uch ochkoni qo'lga kiritganimizdan xursandman. Yaxshi o'yin uchun hamma jamoadoshlarimga ramat aytaman.
- Bosh murabbiyga savol: bugun "Nasaf" hisobdan tashqari qaysi jihatlar bo'yicha mag'lub bo'ldi deb hisoblaysiz?
- "Nasaf" ham sifatli jamoa. Ular to'p bilan ko'p yugurishdi, bizda ham chiziqlar yaxshi o'ynadi. To'p bir joyda turib qolmadi. Jamoamiz tarkibida yaxshi futbolchilar ko'p va umumiy jihatdan raqibdan ustun ko'ringan bo'lishimiz mumkin. Mehmonda o'ynash har doim qiyin bo'lgan. Bugun muxlislar ham "Nasaf"ni qo'llab turishdi. Ammo o'yin tomonlama bugun yaxshiroq edik deb ayta olaman.
- "Traktor" Elit OCHLda o'z oldiga qanday maqsad qo'ygan?
- Maqsad har doim eng yuqori bo'ladi. Agar o'yindan o'yinga kuchayib borsak, bu meni xursand qiladi. Elit OCHLda o'ynash oson emas, maqsadsiz esa umuman o'ynab bo'lmaydi. Bugun bazi sabablarga ko'ra, ayrim futbolchilarimiz maydonga tusha olishmadi, shunga qaramay o'yinda ishtirok etganlar yaxshi harakat qilishdi. Ko'p uchrashuvlarda maydonga tushyapmiz va tarkibni rotaciya qilishga to'g'ri kelyapti.
- Ikkinchi taymdagi sust o'yin hisobni saqlab qolishga urinish bilan bog'liqmi?
- Yo'q, biz 1:0ni saqlab qolish uchun o'ynamadik, chunki hisob qaltis edi. Tanaffusdan keyin nega bo'shashdik? Chunki yaxshi o'yin ko'rsatishimizga raqib yo'l qo'ymadi, ustunlik "Nasaf" tomoniga o'tgach biz himoyalanishga majbur bo'ldik. Raqib taklif qilgan o'yindan kelib chiqib harakat qildik.
- OCHL qura marosimidan keyin "Nasaf"ni kuchli beshlikda ko'rganmidingiz?
- Men kecha o'yindan oldingi matbuot anjumanida ham aytib o'tdim: "Nasaf" bu musobaqada O'zbekiston chempioni sifatida qatnashyapti. Bu jamoaga nisbatan hurmatim baland. O'zbekistonga shu paytgacha uch marta kelgan bo'lsam, oldin ham "Nasaf"ga qarshi o'ynaganmiz. Bugungi o'yinda kichik detal bahs taqdirini hal qildi deya olaman.


O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига-2025. "Нефтчи" — Ўзбекистоннинг олти карра чемпиони!
ФИФА Роналду мухлисларининг танқидлари ортидан Жаҳон чемпионати постерини ўчириб ташлади
Манба: "Қизилқум" "Нефтчи"ни ютса, ҳар бир футболчи 40 миллион сўмдан олади
Суперлига. Бугун "Нефтчи" чемпионликни қўлга киритиши мумкин
Fikrlar