So’nggi yangiliklar

14:29Сергеев, Дориев, Мозговой... Суперлиганинг 1-давра рамзий терма жамоаси  2 14:16Шойқулов "Андижон"дан кетди  0 13:46Итальян клуби Санчо учун МЮга 10+5 млн евро таклиф қилди  1 13:17"Ювентус" Рэшфорд билан шартнома имзоламоқчи  1 12:26Зинченко Лондоннинг бошқа клубига ўтиши мумкин  0 11:58"Ньюкасл" 55 млн фунтлик трансферни амалга оширди  1 11:32"Реал" Мак Аллистерга қизиқмоқда, аммо...  2 11:00Родриго “Арсенал“га ўтиши учун аниқ бир талабни қўйди  11 10:34А Сериянинг яна бир тўпурари Саудияга йўл олиши мумкин  1 09:24Допинг сабаб икки йил футбол ўйнамаган жаҳон чемпиони Б Серия жамоасига ўтди  1 08:55“Реал“ ҳужумчиси икки ойга сафдан чиқди  2 08:27Томас Мюллер фаолиятини Европанинг кутилмаган жамоасида давом эттириши мумкин  1 07:58“Реал“ 90 миллионга таянч ярим ҳимоячи сотиб олмоқчи  5 07:32Луи ван Гал саратон касаллигини енгганини эълон қилди  1 00:49"Кристал Пэлас" "Лион" туфайли Европа лигасида иштирок эта олмайди. Нега?  5

Qozog'iston ustozi: "Futzalda hayot shunday – bugun sen zo'rsan, uch kundan keyin esa yo'q" Yangiliklar

Qozog'iston ustozi: "Futzalda hayot shunday – bugun sen zo'rsan, uch kundan keyin esa yo'q"

Futzal bo'yicha Qozog'iston terma jamoasi bosh murabbiyi Paulo Rikardo Kaka JCH-2024 1/4 finali doirasidagi Argentinaga qarshi o'yin (1:6) haqida fikr bildirdi.


"O'ylaymanki, biz bugun harakatimizga yarasha natijaga erishdik. Argentina juda tartibli va yaxshi o'ynadi.

Futzalda hayot shunday – bugun sen zo'rsan, uch kundan keyin esa yo'q. Mag'lubiyatni butunlay o'zim bo'ynimga olaman, chunki jamoani o'yinga to'g'ri tayyorlay olmadim, o'yinchilarga to'g'ri yondashuv va so'z topa olmadim. 

Menimcha, bu jamoamizning eng yomon o'yinlaridan biri bo'ldi, buni jamoa bosh murabbiyi sifatida tan olaman. Muxlislarimiz umidlarini oqlay olmadik. Biz ishlashda davom etamiz, hayot bu bilan to'xtab qolmaydi.

Futbolchilar individual xatoga yo'l qo'yishmadi. SHogirdlarim shunday o'yin ko'rsatishgani uchun men tanqidlarga loyiqman. Futbolzalchilarda ayb yo'q, men liderman va bularning barchasiga men javobgarman. Bizning mentalitetimiz bu turnirda g'alaba qozonishga tayyor emasdi", – dedi Kaka.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика