Qozog'iston TJning 4 o'yinlik mag'lubiyatli seriyasi yakunlandi. SHuningdek, Daniyaga qarshi bahslardagi omadsizliklarga ham chek qo'yildi
27 mar 2023 10:30
Yangiliklar
Qozog'iston TJning 4 o'yinlik mag'lubiyatli seriyasi yakunlandi. SHuningdek, Daniyaga qarshi bahslardagi omadsizliklarga ham chek qo'yildi
Evro-2024 saralashi 2-turida Qozog'iston TJ irodali tarzda guruh favoriyi Daniyani 3:2 hisobida engishga erishdi.
Qozog'istonliklar 2022 yil 22 sentyabridan beri ilk bor g'alabaga erishdi. Bungacha terma Millatlar Ligasida Ozarbayjonga (0:3), o'rtoqlik o'yinlarida O'zbekiston (0:2) va BAAga (1:2), shuningdek, Evro-2024 dastlabki turida Sloveniyaga (1:2) mag'lub bo'lgandi.
Bundan tashqari, Qozog'iston Daniyani ilk bor mag'lub etishga erishdi. Bungacha jamoalar JCH saralashi doirasidagi bahslarda to'qnash kelgan va ularning barchasida daniyaliklar zafar quchishgandi:
26.03.2005
Daniya – Qozog'iston 3:0
12.10.2005
Qozog'iston – Daniya 1:2
11.11.2016
Daniya – Qozog'iston 4:1
10.06.2017
Qozog'iston – Daniya 1:3
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади
Fikrlar