So’nggi yangiliklar

09:51"Реал" футболчиси Саудияга кетмоқчи, бироқ унга ПСЖ жиддий қизиқмоқда  0 09:23"Манчестер Юнайтед" бош мураббийи клубнинг келажаги бўладиган футболчи ҳақида гапирди  0 08:55ESPN "Реал Мадрид"да Хаби Алонсо ўрнини эгаллаши мумкин бўлган асосий номзодни эълон қилди  1 08:30"Каттақўрғон" катта футбол учун дастлабки қадамларни ташлади  1 08:01Ўзбекистонлик футболчи Косово жамоаси билан шартнома имзолади  3 07:29Ўзбекистон МТЖ аъзоси "Андижон"га ўтишга яқин  9 00:30"Реал" ёзда Пасни "Комо"дан 9 млн еврога сотиб олишга қарор қилди. Нико қайта сотилмайди  0 23:41"Реал" Карвахалга ўринбосар топди  1 23:04Хаби Алонсо "Реал"дан учта юлдузни сотиб олишни сўради  3 22:15“Барселона” ва “Ювентус” “Борнмут” футболчисига қизиқмоқда  0 21:48"Арсенал" ҳимоячиси Салиба: "Мен АПЛни яхши кўраман, лекин асосий мақсадим — Чемпионлар лигаси"  1 21:21Флик Рэшфорд бўйича қарор қабул қилди  3 20:55“Манчестер Юнайтед” “Атлетико” ярим ҳимоячисини нишонга олди  1 20:24“Манчестер Сити” футболчиси январда клубни тарк этиши мумкин  4 19:54Футбол юлдузлари Рождество байрамини қандай нишонламоқда?  16

Qozog'iston klublari Superliganing ikki nafar murabbiyiga qiziqishmoqda Yangiliklar

Qozog'iston klublari Superliganing ikki nafar murabbiyiga qiziqishmoqda

Superliganing ikki murabbiyi QPL klublari nazariga tushdi.

Bu haqda KazFootball.kz xabar berdi.

Ulardan birinchisi qozog'istonlik muxlislarga yaxshi tanish va ushbu mamlakatda o'ziga xos iz qoldirgan – Ulug'bek Bakaev. U "Tobol", "Jetisu" va "Irtish" jamoalarida o'ynagan. Qozog'iston chempioni va Qozog'iston kubogi sohibiga aylangan. Qozog'iston chempionatining to'rt karra eng yaxshi to'purari, umuman olganda, Premer-ligada 111 ta gol urgan. Futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan so'ng "Buxoro", keyin "So'g'diyona"da bosh murabbiylik qilgan.

Ikkinchisi 50 yoshli tojikistonlik mutaxassis, "Neftchi" ustozi – Vitaliy Levchenko. Yoshligida uni Xo'janddan Kievning "Dinamo"siga olib ketishgan va u erda ikkinchi jamoada o'ynagan. Ukrainaning CSKA va "Tavriya" klublaridan keyin Rossiya va Xitoy klublarida to'p tepgan. Tojikiston terma jamoasi sharafini himoya qilgan. Murabbiylik faoliyatini Ukrainada boshlagan. Ukraina yoshlar terma jamoasi murabbiyi, Tojikiston o'smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimlarida ishlagan. SHuningdek, Tojikiston terma jamoasi murabbiylar shtabi, tojik klublari va Samaraning "Krilya Sovetov" jamoasida faoliyat yuritgan. Tojikistonning "Istiqlol"i bilan birgalikda ikki marta Tojikiston chempioni va Superkubogi sohibiga aylangan. SHuningdek, Tojikistonning ikki karra eng yaxshi murabbiyi deb topilgan.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика