So’nggi yangiliklar

14:22Ғалабасиз мавсум  4 13:54Аҳмедов "Навбаҳор"дан кетди: унинг янги жамоаси маълум  11 13:32"Манчестер Юнайтед" "Борнмут" ярим ҳимоячисини шорт-листга қўшди  0 13:03Рэшфорд кейинги режалари билан ўртоқлашди  0 12:34Расман: "Сўғдиёна" сербиялик дарвозабон трансферини эълон қилди  5 12:06Халқаро спорт тадқиқотлари маркази Ўзбекистон Суперлигасининг энг қиммат футболчилари рўйхатини эълон қилди  3 11:42Футзал бўйича Олий лига 7-тур учрашувлари қаерда ўтказилиши маълум  0 11:11U-23 Осиё чемпионати-2018. Тор-мор этилган грандлар, Японияга ёрдам беролмаган Хави Алонсо, самолётдаги раққосалар ҳамда "қор жанги"да қўлга киритилган тарихий чемпионликни ёдга оламиз  5 10:48Юнус Али: “Жуда қийин ўйин бўлди”  1 10:20Бензема сурат учун 10 миллион евро тўлади  10 09:52Sofascore. Ашурматов кечаги учрашувда неча баҳо олди?  0 09:24Самандар Мавлонқулов фаолиятини пойтахтда давом эттиради  0 08:56"Насаф" футболчиси фаолиятини Тошкент жамоасида давом эттиради  6 08:28Sofascore. Кечаги учрашувдан сўнг "Бургутлар" неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 08:25ОЧЛ-2. “Ал-Аҳли” - “Андижон” 2:0  2

Qozog'iston futzal termasi ustozi: "Portugaliya jarima maydonchamiz tomonda ko'plab hujumlar uyushtirishini va bunga sabr qilishimiz kerakligini bilardik" Yangiliklar

Qozog'iston futzal termasi ustozi: "Portugaliya jarima maydonchamiz tomonda ko'plab hujumlar uyushtirishini va bunga sabr qilishimiz kerakligini bilardik"

Jahon chempionati nimchorak finalidan o'rin olgan Portugaliya – Qozog'iston (1:2) uchrashuvidan so'ng qozog'istonliklar bosh murabbiyi Rikardo Kaka mikst-zonada fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- O'yin haqida

- Og'ir o'yin bo'ldi. Portugaliya tartibli va yaxshi shakllangan jamoa ekanligi hech kimga sir emas. Jarima maydonchamiz tomonda ko'plab hujumlar bo'lishini va bunga sabr qilishimiz kerakligini bilardik. O'yinning qaysidir qismida zavqlanib harakat qildik, qaysidir qismida esa juda katta qiyinchilikka duch keldik, ammo bunga chidab berdik va yakunda g'alaba qozondik.

- Bugun Portugaliya etakchilari – Erik, Bruno va Zikining o'yini unchalik o'xshamadi...

- Ehtimol, bu bizning o'yinga tanlagan rejamiz ish berganidan dalolat bersa kerak. Ular o'zlarini yaxshi tomonlama ko'rsata olishmadi. Bu bo'yicha uchrashuvni yana bir bor ko'rib chiqibgina qandaydir xulosamni bildirishim mumkin. Umuman olganda, endi bu haqda o'ylamasdan, oldinga qarab intilishimiz lozim.



- Jamoadagi yosh va tajribali o'yinchilar o'rtasidagi balans qanday yo'lga qo'yilgan?

- Ular bilan birga yashash, ularni his qilish muhim. Ularning odatini o'rganish kerak. SHundan kelib chiqib butun bir jamoa shakllantiriladi.

- Amaldagi JCH chempioni Portugaliya mag'lub etildi. Keyingi raqib Argentina yoki Xorvatiya bo'ladi. Qaysi jamoa sizlarga qulayroq?

- Ular kuchli raqiblar. Qachonki, o'z shahrimdagi yigitlarga qarshi o'ynasam, biz ularni aniq yutgan bo'lardik (kuladi).



- Franciya hamda Eron o'zaro o'yinda gol urmaslik uchun o'ynashdi. Bu katta rezonansga sabab bo'ldi. Bunga munosabatingizni bildirsangiz...

- Bu – sharmandalik! Hatto muhokama qilishni istamayman.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика