So’nggi yangiliklar

12:26Зинченко Лондоннинг бошқа клубига ўтиши мумкин  0 11:58"Ньюкасл" 55 млн фунтлик трансферни амалга оширди  1 11:32"Реал" Мак Аллистерга қизиқмоқда, аммо...  0 11:00Родриго “Арсенал“га ўтиши учун аниқ бир талабни қўйди  8 10:34А Сериянинг яна бир тўпурари Саудияга йўл олиши мумкин  1 09:24Допинг сабаб икки йил футбол ўйнамаган жаҳон чемпиони Б Серия жамоасига ўтди  1 08:55“Реал“ ҳужумчиси икки ойга сафдан чиқди  2 08:27Томас Мюллер фаолиятини Европанинг кутилмаган жамоасида давом эттириши мумкин  0 07:58“Реал“ 90 миллионга таянч ярим ҳимоячи сотиб олмоқчи  4 07:32Луи ван Гал саратон касаллигини енгганини эълон қилди  1 00:49"Кристал Пэлас" "Лион" туфайли Европа лигасида иштирок эта олмайди. Нега?  5 00:05Муҳаммадали Ўринбоев "Антверпен" таркибида дебют қилди  6 23:58Флик тер Штегенга янги мавсум асосий дарвозабони бўлмаслигини айтди  7 23:14Модрич: "Мен доимо "Реал" мухлиси бўлиб қоламан"  2 22:52Алонсо "Реал" раҳбариятидан таянч ярим ҳимоячисини трансфер қилишни сўрамоқда  15

Qosimovdan Denisovgacha: Rossiyada zafar quchgan o'zbekistonlik futbolchilar qatoriga Fayzullaev ham qo'shildi Yangiliklar

Qosimovdan Denisovgacha: Rossiyada zafar quchgan o'zbekistonlik futbolchilar qatoriga Fayzullaev ham qo'shildi

Kecha CSKA Moskva jamoasi Rossiya Kubogi finalida zafar quchdi.

Bu g'alaba nafaqat klub uchun, balki o'zbekistonlik futbol muxlislari uchun ham esda qolarli voqea bo'ldi deya olamiz. Jamoaning yosh yulduzi — Abbosbek Fayzullaev "armiyachilar" safida Rossiya futbolidagi ilk katta sovriniga erishdi. U shunday yirik musobaqani yutib olgan ilk o'zbekistonlik futbolchi emas, albatta. Undan avval ham bir qator yurtdoshlarimiz Rossiya maydonlarida sovrinlar yutib, milliy futbolimiz sharafini himoya qilganlar. Quyida ana shu yulduzlar haqida.

Mirjalol Qosimov — "Alaniya"

O'zbekiston futbolining afsonalaridan biri Mirjalol Qosimov 1995/1996 yilgi mavsumda "Alaniya" (Vladikavkaz) tarkibida Rossiya chempionatida g'olib chiqqan. O'zbek futbolining afsonasi hisoblangan Qosimov jamoaning asosiy tarkib futbolchisi va muhim figuralaridan biri bo'lgan va yarim himoyadagi o'zining oqilona o'yini bilan jamoasiga katta yordam bergan. Bu orqali u jamoasi bilan Evrokuboklarga yo'llanmani qo'lga kiritgan. 

Valeriy Kechinov — "Spartak"

Toshkentda tug'ilgan Valeriy Kechinov Rossiya futbolidagi eng muvaffaqiyatli o'zbek legionerlardan biri sifatida etirof etiladi. U Moskva shahrining mashhur "Spartak" klubi safida 1993–2000 yillar davomida olti marta Rossiya chempioni, bir marta Rossiya Kubogi g'olibi bo'lgan. Hujumkor yarim himoyachi sifatida u o'z davridagi eng yorqin o'yinchilardan biri sanalgan. 


Vladimir Maminov — "Lokomotiv"

O'zbekiston terma jamoasi sharafini himoya qilgan yana bir futbolchi — Vladimir Maminov, Moskvaning "Lokomotiv" jamoasi safida bir necha yillar davomida to'p tepgan. U faoliyati davomida 2 marta Rossiya chempioni (2002, 2004), 5 marta Rossiya Kubogi g'olibi, 2 marta Rossiya Superkubogi sohibiga aylangan. Vladimir Maminov o'zining maydondagi aqlli harakatlari, paslari va maydonni ko'ra olishi bilan etirof etilgan.

Aleksandr Geynrix - CSKA

O'sha kezlari Geynrixga "Paxtakor" menejeri Samvel Babayandan kutilmagan qo'ng'iroq bo'lgandi: "Sasha, tezda kiyimlaringni yig'ishtir. Ertaga Moskvaga uchasan. Bu men uchun yangi yil hangomasi bo'lib ko'rindi",- deydi Geynrix. Futbolchiga Rossiya grandi CSKA qiziqish bildirdi va shartnoma ham imzoladi. Biroq katta futbolda o'z o'rniga endigina ega bo'layotgan o'yinchi kuchli legionerlar soyasida yo'qolib qoldi. "Armiyachilar" safida bor-yo'g'i ikkita uchrashuvda maydonga tushdi, xolos.

"Rossiyaga birinchi borganimda juda yosh edim. U erda futbol o'ynash oson emasligini tushundim. Qiyin chempionat, nomdor futbolchilar. O'zim uchun kerakli xulosalarni chiqarganman", - degandi Geynrix o'z intervyusida. Shunga qaramay u CSKA bilan Rossiya chempioni qatorida etirof etilgan.

Aleksey Polyakov - "Lokomotiv" (Moskva)

Terma jamoamizning mahalliylashtirilgan rossiyalik kiperi Aleksey Polyakov "Lokomotiv" bilan Rossiya Kubogida bosh sovrinni boshi uzra baland ko'targan. Darvozabon 2006/2007 yil ushbu natijaga erishgan. 


Oleg Pashinin - "Lokomotiv"

O'zbekiston milliy terma jamoasida to'p tepgan Oleg Pashinin "Lokomotiv" mudofaa qo'rg'onining mustahkam vakili hisoblangan.  Oleg Pashinin "Lokomotiv Moskva" jamoasi bilan Rossiya chempioni bo'lgan (2002, 2004). U 1992 yildan 2007 yilgacha "Lokomotiv" safida to'p tepgan va jamoa bilan bir qator muvaffaqiyatlarga erishgan. 


Andrey Fyodorov - "Rubin"

O'zbekistonlik himoyachi futbolchilik faoliyatining yakunida "Rubin" bilan Rossiya chempionligini qo'lga kiritishga muvaffaq bo'lgan. U 2008 yilgi mavsumda Qurbon Berdiev qo'l ostida mamlakat oltin medallariga ega chiqqan. Fyodorov qozonliklar safida oz emas ko'p emas 8 yil to'p tepgan. 

Vagiz Galiulin - "Rubin", "Tosno"

Andijonlik Vagiz Galiulin juda yosh vaqtidayoq legionerga aylangan va "Rubin" jamoasiga yo'l olgan. U qozon jamoasi bilan Andrey Fyodorov singari 2008 yil chempionlikni tantana qilgan. Bundan tashqari 2017/2018 yilgi mavsumda "Tosno" tarkibida Rossiya Kubogida zafar quchgan.

Vitaliy Denisov — CSKA, "Lokomotiv"

Balki ko'pchilik bilamas, ammo o'zbekistonlik himoyachi Vitaliy Denisov 2005 yili CSKA Moskva tarkibida harakat qilgan va jamoa bilan birgalikda UEFA Kubogini qo'lga kiritgan. Bu o'sha davr o'zbek futbolchisi tomonidan yutib olingan ilk va hozircha yagona Evropa klubi sovrini hisoblangan edi. Futbolchi CSKA bilan 2 bor Rossiya Kubogida (2004/2005, 2005/2006) zafar quchgan bo'lsa, "temiryo'lchilar" bilan Rossiya chempionligi (2017/2018) va 2 bor mamlakat kubogi (2014/2015, 2016/2017) sohibiga aylangan. 

Reyting: +9   

Fikrlar

+2   
02 iyu 15:28:27
йуцу цйвцв ывыжфдвыф в
Ягона Европа клуби соврини ҳисобланмайди. Элдорам ютди Конференциялар лигасида
   
12 iyu 22:42:59
Бахтиёр Ашуров
Уразали Ирманов foydalanuvchining fikriga javob berish
Андрей Пятницкий хам бор эди,Спартак да уйнаган.
Пиятниский Ўзбекистон фкқороср эмас. Эсласангиз Россия Т/Жсида ўйнаган!
   
12 iyu 22:39:23
O'zbegimVatanim
Denisov yaqinda CSKA tarkibida faxriylar bahsida ishtrok etdi hayron qolgandim
   
03 iyu 07:39:47
Уразали Ирманов
Андрей Пятницкий хам бор эди,Спартак да уйнаган.
   
02 iyu 18:03:00
Юнусов Ойбек
Oʻsha paytda dedi ku
   
02 iyu 16:15:00
Bilolmuhammad
Vitaliy Denisov oʻynamasdan erishgan Eldor esa gollar urib oʻynab erishgan KLda
   
02 iyu 15:51:20
Asilbek
йуцу цйвцв ывыжфдвыф в foydalanuvchining fikriga javob berish
Ягона Европа клуби соврини ҳисобланмайди. Элдорам ютди Конференциялар лигасида
bular bilwmaydi buni esdan chiqqan menimcha
-1   
02 iyu 17:52:17
Бахтиёр Ашуров
йуцу цйвцв ывыжфдвыф в foydalanuvchining fikriga javob berish
Ягона Европа клуби соврини ҳисобланмайди. Элдорам ютди Конференциялар лигасида
Қосимовдан Денисовгача бўлгани собиқ футболчилар ичида ягона!
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика