So’nggi yangiliklar

07:40Суперлига. Бугун Тошкентда ажойиб ўйин бор  0 06:00Суперлига. Тошкентдаги чангли ўйинда дуранг қайд этилди. "Қўқон-1912" ўз майдонида, "Андижон" эса сафарда мағлубиятга учради  0 01:55Лига 1. Хвичанинг дубли ПСЖга "Осер" устидан ғалабани тақдим этди  1 01:14"Ливерпуль" янги битимни эълон қилди  1 00:47Баҳром Ҳайдаров: "Иккита мағлубиятдан сўнг фожиа ясаш нотўғри"  2 00:45Гвардиола мавсумда 16 та ўйинда мағлуб бўлди. "Ман Сити" устози фаолиятидаги антирекордни янгилади  7 23:38Рўзиқул Бердиев: "Қўқон-1912" анча курашувчан жамоа эканлигини билардик"  6 23:30Саудия Арабистони чемпионати. "Ал Файҳа" сўнгги дақиқаларда урилган голлар эвазига "Ал Ухдуд"ни мағлуб этди, Шукуров 90 дақиқа ўйнади  1 22:46Суперлига. "Шўртан" мавсумдаги илк ғалабасини бир киши кам бўлиб қолган "Андижон" устидан қўлга киритди  84 22:31Англия кубоги. "Манчестер Сити" финалда "Кристал Пэлас"га мағлуб бўлиб, жорий мавсумда соврин ютиш имкониятини қўлдан чиқарди  86 21:51Вадим Абрамов: "Жуда ёмон ўйин намойиш этдик. Мухлислардан узр сўрайман"  4 21:31Улуғбек Бакаев: "Мағлубиятли сериядан сўнг қайд этилган дурангни яхши натижа деб ҳисоблайман"  9 21:20"Ливерпуль" 35 млн евролик трансферни амалга оширмоқда  4 20:57Суперлига. "Қўқон-1912" ўз майдонида "Насаф"га мағлуб бўлди   29 20:42Германия Бундеслигасида 2024/25 йилги мавсум якунланди  3

Qosimovda "Metallurg" sindromi yoxud bugungi raqib "Paxtakor" Yangiliklar

Qosimovda "Metallurg" sindromi yoxud bugungi raqib "Paxtakor"

OKMK o'tgan turda muxlislarining onasidan qolgan tosh oynasini qidirishiga majburladi (0:2).

Umuman gohida hayotimizda shunday paytlar bo'ladiki, bitta narsa har yili takrorlanayotgandek? Futbolda ham shunday. OKMKning "Metallurg"ga yutqazishi Olmaliq ahli uchun "so'g'ur" kunidek gap. Nima uchundir aynan shu jamoaga kelganda "konchilar"ning g'ildiraklari ishlamay qoladi. Yurib turgan mashina yarim yo'lda to'xtab qolishi singari. Xo'sh, Qosimovdagi "Metallurg" sindromi qachon boshlangan? 

2019 yil

Mirjalol Qosimov ilk bor OKMK boshqaruvini qo'lga oldi. Bu davrda esa Andrey SHipilov "Metallurg"ni bir yildan beri boshqarib kelayotgan, barqarorlikni yaxshi yo'lga qo'ygandi. Birinchi davrada Olmaliqda 1:1, Bekobodda mezbonlarning 2:1 hisobidagi g'alabasi qayd etilgan. Qiziqarli tomoni shuki, SHipilov Qosimovdan 1 oy ichida ikki marotaba ochko tortib olgandi. 

2020 yil 

Sindrom davom etdi. Yana o'sha holat, eski hammom, eski tos. Olmaliqda 1:1, Bekobodda "Metallurg"ning kichik g'alabasi (1:0). Andrey SHipilov ikkinchi yil ham Qosimovga bo'sha kelgani yo'q.

2021 yil

"Metallurg"da murabbiylar o'zgarishi, SHipilovning birinchi turdan keyinoq istefoga chiqarilishi va Jasur Abduraimovning kelishi derbidagi natijani o'zgartirdi. 4 yil ichida faqat Abduraimovgina Qosimovni yutishni uddasidan chiqa olgani yo'q. 

2022 yil 

Endi navbat ispaniyalik Luisma Ernandesga kelgandi. O'tgan mavsumning ilk o'yinida ham, ikkinchi davra startida ham "Metallurg" uning qo'l ostida OKMKga mag'lub bo'lmadi (1:0).  

2023 yil 

"Metallurg"da murabbiy o'zgardi. Mavsum muvaffaqiyatsiz boshlandi. Avvalgi turda "Navbahor"ni yutgan olmaliqliklar , jamoaga kelganiga ko'p bo'lmagan Vesko Steshevich boshchiligidagi "Metallurg"ga yana mag'lub bo'ldi. Statistika shuni ko'rsatmoqdaki, OKMK 4 yil ichida Toshkent viloyati derbisida raqibiga 16 ochkoni sovg'a qilib yubordi, o'zi 8 ochko jamg'ardi. 


FAKT. OKMK jamoasi "Metallurg"ga qarshi ketma-ket uchinchi uchrashuvda maydonni bir kishi kam bo'lib tark etdi. Sardor Rahmonov, SHohruh Gadoevning ishini Sanjar Tursunov davom ettirdi


"Madanchilar" noqulaylik bobida "Paxtakor"dan qolishmaydi. Ha, aytgancha OKMK va Mirjalol Qosimovning bugungi raqibi "sherlar".  

Olmaliqliklar chempionat doirasida 11ta o'yindan beri "Paxtakor"ni mag'lubiyatga uchrata olmayapti. So'nggi marotaba 2017 yilning 15 iyun sanasida OKMK poytaxt klubidan ustun kelgan (2:1). Etiborlisi, o'shanda "Paxtakor"ni Jasur Abduraimov boshlab tushgandi. 

OKMK oxirgi 5ta uchrashuvda 15ta gol o'tkazib yuborib, raqib darvozasini ishg'ol qila olmagan. So'nggi bor 2020 yilgi mavsumda  "sherlar" posbonini ranjitganini aytish joiz. Jamoa Mirjalol Qosimov davrida 4 yil ichida faqat 2 marotaba durang o'ynadi, xolos. Demak doktorlar tili bilan aytganda tashxis ikki jamoa sindromi! Birinchisi nisbatan engil, lekin ikkinchisi ancha og'irroq. Biroq har narsaning bir kun yakuni bo'lishi kerak. 

Reyting: -13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика