So’nggi yangiliklar

08:58"Арсенал"нинг яна бир етакчиси терма жамоада жароҳат олди  0 08:20Sofascore. Кечаги учрашувда Ўзбекистон терма жамоаси аъзолари неча баҳо олди?  6 07:47Ёшларимиз бугун Аргентинага қарши баҳс олиб боради  1 07:16ЖЧ-2026 саралаш. Бразилия қийин ғалабага эришди, Аргентина эса...  0 01:59Миллатлар лигаси. Англия она диёрида мағлуб қилинди ва бошқа натижалар  6 01:28Алиризо Жаҳонбахш: "Жамоалар ва индивидуал маҳорат ўртасида катта фарқ бор"  29 01:16ЖЧ-2026 саралаши. Саудия Арабистони ўз майдонида Японияга мағлуб бўлди  6 00:55Жалолиддин Машарипов: "Мухлис билан урушмадим, аксинча, бизни қўллаб-қувватланглар дедим"  24 00:38Пенальти тўғри бекор қилиндими? Ўзбекистон - Эрон учрашуви ҳакамлик фаолияти таҳлили  16 00:08Амир Ғаленои: "Бир киши кам бўлиб ҳам иккита пенальти ишладик, ҳакамлар ВАР орқали ҳам хатолар қилишмоқда"  19 23:42Владо Радманович: "Бир очко ҳам яхши натижа, фалокат ясаш керак эмас"  80 23:17ЖЧ-2026 саралаши. Индонезия 90+9-дақиқада гол ўтказиб юбориб, учинчи ўйинда ҳам дуранг ўйнади  11 23:07ЖЧ-2026 саралаши. Гуруҳимиздаги икки ўйин якунланди  32 22:54Миллатлар лигаси. Италия, Франция, Англия ва бошқа термаларнинг асосий таркиблари маълум!  2 22:14ЖЧ-2026 саралаши. Саудия Арабистони - Япония. Асосий таркиблар маълум!  28

Qoraqalpoq futboli haqida qiziqarli malumotlar Yangiliklar

Qoraqalpoq futboli haqida qiziqarli malumotlar

Qoraqalpoq futboli haqida nimalarni bilasiz? Quyidagi maqola orqali bu haqda 15 ta malumotni etiboringizga havola etamiz.

1. 1976 yili Nukusda "Amudaryo" jamoasi tuzildi va shundan so'ng klubning nomi 6 marta o'zgardi.

2. 1990 yili “Aralvodstroevec”, 1991 yili "Orol", 2000 yili "Turon", 2006 yili "NOZK", 2007 yili "Jayhun" deb o'zgargan bo'lsa, 2012 yildan boshlab yana "Orol" nomi ostida faoliyat yuritmoqda.

3. Nukusliklar 1992-1994 va 2000-2001 yillar mavsumida Oliy ligada harakat qilgan bo'lsa, 1995-1999 va 2001 yildan buyon Birinchi liga ishtirokchisi hisoblanadi.

4. Klub 1976 yildan 1984 yilgacha va 1990-1991 yillar davomida Sobiq Ittifoqning ikkinchi ligasida o'ynagan.

5. 1991 yili Nukus klubi Sobiq Ittifoqning Ikkinchi ligasi 9-hududida 11-o'rinni egallagan. Bu klubning Sobiq Ittifoq davridagi eng yaxshi natijasidir.

6. 1993 yili "Orol" jamoasi Oliy ligada 11-o'rin bilan chempionatni yakunlagan. Bu klubning chempionatdagi eng yuqori natijasidir.

7. "Orol"ning bugungi kundagi uy stadioni hisoblanadigan "Turon" o'z bag'riga 9300 muxlisni sig'dira oladi.

8. Nukusliklar Oliy liga doirasida "Paxtakor"ga qarshi o'z maydonlarida kechgan 5 o'yinning 3 tasida g'alaba qozonishgan.

9. Rossiyaning "Kuban" jamoasini bir necha yil boshqargan mashhur mutaxassis Vladimir Aleksandrovich Brajnikov 1982-1983 yillarda Nukusning "Amudaryo" jamoasida bosh murabbiy bo'lgan.

10. O'z vaqtida "Paxtakor", "Nurafshon" va "Neftchi" kabi jamoalar darvozalarini qo'riqlab 2 marta O'zbekiston chempioni bo'lgan Denis Ivankov faoliyatini 1990 yili "Orol"da boshlagan edi.

11. "Paxtakor" klubi va O'zbekiston terma jamoasini boshqargan murabbiy Ravshan Haydarov futbolchilik faoliyatida 1988-1989 yillar davomida Nukusning "Jayhun" jamoasi safida 72 o'yinda 10 ta golga mualliflik qilgan.

12. O'zbekiston terma jamoasining darvozaboni Aleksandr Lobanov 2011 yili Nukusning "Jayhun" jamoasi tarkibida Birinchi ligada to'p surgan.

13. O'zbekiston terma jamoasi bilan Osiyo o'yinlarida g'olib bo'lgan mashhur darvozabon Berdax Allaniyazov 1991-1994 va 2000 yili nukusliklar sharafini Oliy ligada himoya qilgan. Eslatib o'tamiz, u terma jamoa tarkibida 8 o'yin o'tkazgan.

14. Qoraqalpoq futboli faxri hisoblanadigan Nematullo Qutibaev "Orol" jamoasi safida Sobiq Ittifoq Ikkinchi ligasi va O'zbekiston Oliy ligasi o'yinlarida 37 ta gol urgan.

15. N.Qutibaev O'zbekiston terma jamoasida eng ko'p gol urgan qoraqalpog'istonlik futbolchi hisoblanadi. U terma jamoa libosida 14 o'yinda 5 ta golga mualliflik qilgan.

Furqat Yusupov
Nukus shahridan maxsus

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика