So’nggi yangiliklar

10:21Антони Марсьяль фаолиятини Мексикада давом эттиради  0 09:502026 йилги УEФА Суперкубоги қайси стадионда бўлиб ўтиши маълум  0 09:18"Рома"нинг собиқ устози Эронни бошқариши мумкин  7 08:43Sofascore. "Бани Яс" мағлуб бўлди. Мозговой неча баҳо олди?  1 08:10Файзуллаевнинг трансфери иккинчи бўлди  2 07:35Суперлига. Бугун Жиззахда ва Наманганда ўйинлар бор  4 06:35Суперлига. "Машъал" — "Шўртан" 2:1   0 01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  5 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  2 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  21 00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  3 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  2 22:57"Атлетик" "Ал Насср" футболчисини рўйхатдан ўтказди  2 22:32УЕФА 2026/27 мавсумидаги еврокубоклар финаллари ўтадиган стадионларни эълон қилди  3

Qoraqalpog'iston. Yosh mini futbolchilar maydonda Yangiliklar

Qoraqalpog'iston. Yosh mini futbolchilar maydonda

Teglar :  Futzal
Nukus shahrida O'zbekiston respublikasi Mustaqilligining 24 yilligi munosabati bilan Qoraqalpog'iston respublikasi futbol federaciyasi Kubogi uchun o'smirlar o'rtasida mini futbol musobaqasi o'tkazildi.

O'z navbatida 2003-2004 yillarda tug'ilgan o'g'il bolalardan iborat 18 ta jamoa qatnashgan bellashuvning hal qiluvchi uchrashuvida “Taxtako'pir”lik yosh futbolchilar “To'rtko'l”lik tengdoshlarini 1:0 hisobida mag'lubiyatga uchratib, kubok sohibiga aylanishdi. Faxrli ikkinchi o'rin to'rtko'llik qizlarga nasib etgan bo'lsa, uchinchi o'rinni Xo'jayli shahrining “BO'SM-2” jamoasi egalladi.

Qizlar musobaqasi  2000-2001 yillarda tug'ilgan mini futbolchilar o'rtasida bo'lib o'tdi.  Bu erda “Qirq qiz” jamoasi qoshidagi tayyorlov guruhi azolari “Kegeyli”  jamoasini 1:0 hisobida engib, birinchi o'rinni egalladi. Natijada, kegeylilik qizlar ikkinchi o'rin bilan kifoyalanishdi. SHohsupaning uchinchi pog'onasiga Amudaryo tumanining “BO'SM-3” jamoasi joylashdi.

Musobaqaning eng yaxshi o'yinchilari nomiga Seydabulla Nietullaev(“Xalqabad”) va Ozoda Olimova (BO'SM-3, Amudaryo tumani)lar sazovor bo'lishdi. “To'rtko'l”lik Sarvar Nazarboev “Foydali o'yinchi”ga atalgan sovrinni qo'lga kiritdi.

Ikrom XUDOYBERGANOV

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика