So’nggi yangiliklar

10:13"Ал Ҳилол" "Ливерпуль" футболчиси учун курашда етакчилик қилмоқда  0 09:44Бир қатор спорт юлдузлари Франция жамоасининг инвесторларига айланишди  0 09:15АПЛнинг кўплаб жамоаларидан қизиқиш бўлаётган Шешко келажаги борасида бир қарорга келди  0 08:46"Ал Насср" яна бир португалиялик ТОП футболчига таклиф билан чиқди  0 08:17Максим Шацких: “Ёзги йиғиндан ва селекциядан кўнглим тўлди”  4 07:45Суперлига. Бугун дахшат учрашувлар бор  17 07:20Суперлига. "Пахтакор" сафарда "Машъал" устидан ғалаба қозонди, ОКМК эса "Бухоро"ни мағлуб этди  0 00:4437 ёшли Куадрадонинг янги клуби маълум  4 00:11Вирц "Ливерпул"да қайси рақамни олди?  3 23:42Отабек Нарзуллаев: "Менга ёққан томони - футболчиларимиз охиригача курашди"  2 23:22Камолиддин Тожиев: "Танаффусдан кейин тезда тонусга тушиб олиш осон эмас"  2 23:10Миржалол Қосимов: "Иккинчи даврани ғалаба билан бошлашни мақсад қилгандик"  2 22:55"Истанбул Башакшехир" ўртоқлик ўйинида "Истанбулспор"ни минимал ҳисобда мағлуб этди, Шомуродов ва Файзуллаев баҳсда иштирок этди  11 22:49Улуғбек Бакаев: "Футболда шунақа: сен урмасанг, сенга уришади"  8 22:20Manchester Evening News журналисти "Ман Сити"нинг Ҳусанов бўйича режаларини хабар қилди  5

"Qo'qon-1912": Yoshlarimiz Hokim kubogini g'alaba bilan boshlashdi Yangiliklar

"Qo'qon-1912": Yoshlarimiz Hokim kubogini g'alaba bilan boshlashdi

Muhsin Nizomiddinov boshchiligidagi "Qo'qon-1912" yoshlar jamoasi "Farg'ona viloyati Hokimi kubogi" musobaqasining ilk turida g'alaba qozonishdi.

“Cementchi-2”ga qarshi uchrashuvni vakillarimiz jangovor tarkibda boshlashdi. SHu bois ilk daqiqalardan raqib darvozasi oldida xavfli vaziyatlar vujudga keldi. Quvasoyliklar ham ahyon-ahyonda hujumga o'tib turishdi.

25-daqiqaga kelib, yoshlarimiz hisobni ochishga muvaffaq bo'lishdi. Dilshod Baratov raqib darvozasini aniq nishonga oldi. Uning boshi bilan bergan birinchi zarbasi darvoza to'siniga tegib qaytgandi. Ikkinchi zarba golga aylandi. 33-daqiqada vakillarimizda hisobni oshirish uchun qulay imkoniyat vujudga kelgandi. Ammo Dilshod Baratov jarima maydonchasi ichida to'pni to'xtatishda xatolikka yo'l qo'ydi. Birinchi taym shu hisobda yakunlandi.

Ikkinchi bo'lim ham yoshlarimizning ustunligi ostida boshlandi. 63-daqiqda Abror Ravhmonovda raqib darvozasini ishg'ol etish uchun yaxshi imkoniyat vujudga keldi. Biroq uning zarbasiga biroz aniqlik etishmadi. Ikkinchi bo'limning yarmi o'tib borayotgan vaziyatda Javohir To'lashev hisobni tenglashtirdi. Bo'lim yakunlanishi arafasida zaxiradan maydonga tushgan Doniyor To'lashev jamoamizga g'alaba keltirgan to'pga mualliflik qildi.

SHu tariqa o'rinbosarlarimiz musobaqani g'alaba bilan boshlashdi.


“Hokim Kubogi-2017”
“D” guruhi
1-tur
“Cementchi-2” – “Qo'qon-1912-2” 1:2 (0:1)
Gollar
: To'lashev-70. – Baratov-25, To'lashev-90.

"Cementchi-2": 1. A. Burhonov, 4. A. Mirhomidov, 5. I. Vahobov, 7. N. Azamov, 8. J. To'lashev, 11. I. Anvarov, 13. F. Jalilov,  18. J. Qurbonov,  19. N. Qurbonov, 20. M. Dadaxonov, 22. B. Ismoilov.
Zaxira: A. Sultonov,  2. SHahboz G'aniev, 27. D. Mahmudov, 9. O. Solijonov, 6.  A. Qobilov,10. SH. Usmonov. 15. SH.  Boyqo'ziev

"Qo'qon-1912-2": 20. I. Abdullaev, 6. I. Muxtorov, 8. I. Malikjonov, 10. A. Rahmonov, 14. S. Isaqov, 15. M. Zokirjonov, 17. I. Karimov, 19. SH. Xolmatov, 21. D. Meliqo'ziev, 25. D. Baratov, 27. I. Oxunjonov.
Zaxira: 1. M. Sobirov, 4. M. Rahimov, 5. D. To'lashev, 2. R. Isaqov, 11. A. O'ktamov, 22. I. Ahmadjonov, 26. I. Usmonov.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика