So’nggi yangiliklar

14:21Элит ОЧЛ. "Ал Дуҳайл" ва "Ченгду Ронгченг" плей-оффда ғалаба қозонишди  0 14:15"Қўқон-1912" 8 йилдан сўнг Ғузордан 3 очко билан қайтди  0 13:49"Қўқон-1912"нинг 9 ўйинлик мағлубиятли серияси якунланган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 13:45"Сурхон" май ойидан буён Термизда гол ура олмаяпти  0 13:24Луис Энрике: "Тоттенхэм" бир ойдан буён тайёрланмоқда, биз эса бир ҳафта шуғулландик холос"  0 12:27"Нефтчи" ва "Насаф" ўртасидаги ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 12:01Эшитдик-да! "Динамо" - "Пахтакор" учрашуви бош ҳакамига "қизил карточка" кўрсатилди  34 11:51Суперлига 19-турида ишловчи расмийлар маълум  2 11:31Кузатаётган Абрамов, сакраётган Илёсов, ётган Кенжабоев, сиқилаётган Қосимов ёхуд ОКМК - "Қизилқум" ўртасидаги ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 10:47Жанлуижи Доннарумма АПЛ жамоаси билан келишувга эришди  9 10:15"Ньюкасл" "Милан" ҳимоячисини сотиб олди  1 09:41"Ливерпуль" Англия терма жамоаси футболчиси билан шахсий шартнома бўйича келишувга эришди  5 09:09Жанлуижи Доннаруммага Европанинг яна бир ТОП клуби қизиқиш билдирмоқда  2 08:38Пролига. Бугун 11-тур якунланади  0 08:07Расман. "Бухоро"ни вақтинчалик мураббийи маълум қилинди  3

"Qo'qon-1912": "Neftchi" va "Navbahor" bilan o'ynaymiz Yangiliklar

"Qo'qon-1912": "Neftchi" va "Navbahor" bilan o'ynaymiz

Yangi mavsumga tayyorgarlikning ikkinchi bosqichini ham o'z qarorgohida o'tkazayotgan jamoamiz kuniga ikki mahaldan shug'ullanmoqda.
Ertalab murabbiylar asosan jismoniy tayyorgarlikka etibor qaratmoqda. Tushlikdan keyingi mashg'ulot esa “Markaziy” stadionda asosan to'p bilan ishlash bilan o'tmoqda. Murabbiylar shtabiga Vadim SHodimatovni qo'shilganini takidlab o'tish lozim. Faoliyati mobaynida asosan futbol akademiyalarida munosib ishlab, ko'pchilikni etiborini tortgan mutaxassis bungacha “Bunyodkor” akademiyasida ishlab kelayotgandi. Endilikda Vadim SHaxirjanovich “Qo'qon-1912”da ishlaydigan bo'ldi.

Tarkibda 30 nafarga yaqin futbolchi shug'ullanayotganini aytib o'tish lozim. Hozircha asosan mahalliy yoshlar va birinchi liga klublarida o'zini ko'rsatishga erishga futbolchilardir. Xususan Damir Nizanov (“Orol”), Sanjar Baratov (“Alanga”), Ilhom Jumanov (“Guliston”), Saydullo Rahmatov, SHoxruh Xolmatov (“Neftchi”) kabi o'yinchilar ayni damda jamoa mashg'ulotlarida ishtirok etmoqda. Murabbiylar ishonchini oqlagan o'yinchilar bilan shartnoma imzolanib bormoqda.  

Rejaga ko'ra, ushbu yig'in davomida ikkita sinov-nazorat o'yini o'tkaziladi. Yani 10 yanvar kuni Farg'onada “Neftchi” bilan uchrashuv tashkil etilsa, 14 yanvarda Qo'qondagi “Markaziy” stadionda “Navbahor” bilan kuch sinashiladi. Albatta mazkur o'yinlar orqali murabbiylar futbolchilarning imkoniyatlarini yana bir bor ko'zdan kechiradi va ayrimlari bilan xayrlashiladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика