So’nggi yangiliklar

01:18Муҳаммад Ҳакимов: "Тикланиб олишимиз керак"  1 00:18Сайфиддин Содиқов: "Бош мураббийимизнинг кўрсатмаларини тўлиқ бажара олмадик"  2 23:30U-17 ЖЧ. Ўзбекистон – Панама 6:1   3 23:12Расман: Ўзбекистон 1/16 финалда Хорватия билан ўйнайди  15 22:29Абубакир Шукуруллаев: "Энг муҳим ўйинимиз эди"  6 21:52Иброҳим Шокиров: "Барча дарвозабонлар пенальтига олиб келадиган хато қилаётганини кўрганман"  7 21:25Абдулмалик Анваров бошидан жароҳат олди  9 20:32U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади  169 20:11Ўзбекистон футзал терма жамоаси Ислом бирдамлиги ўйинларида 3-ўринни қўлга киритди  7 19:52Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди  55 19:34"Ливерпуль" "Брайтон" етакчисига даъвогар  4 19:09Роналду ЖЧ-2026 унинг учун сўнггиси бўлишини эълон қилди  10 18:39"Манчестер Юнайтед" Шешконинг жароҳати жиддийлигидан хавотирда  1 18:12U-17 Жаҳон чемпионати. Гуруҳдан чиқсак, ким билан ўйнаймиз?  29 17:44Кьеза Италия терма жамоасига чақирувдан бош тортдими?  3

“Qo'qon-1912” klubining logotipi o'zgardi Yangiliklar

“Qo'qon-1912” klubining logotipi o'zgardi

Teglar :  Qo'qon-1912
"Qo'qon-1912" jamoasida ham yangi logotip.

“Qo'qon-1912” jamoasi muxlislari anchadan buyon jamoa logotipi almashtirish lozimligini orzu qilishadi. Muxlislarimizning fikr-mulohazalarini inobatga olgan holda, o'tgan mavsumda jamoaning yangi logotipi uchun tanlov elon qilgan edik. Bizga muxlislarimizdan, ijodkor yoshlardan, dizaynerlardan ko'plab logotip variantlari kelib tushgan edi. Jamoa rahbariyati logotip o'zgartirishni yangi mavsum boshidan elon qilishni maqul deb topishdi. 

Yangi logotipimizda eski logotiplarimizda bo'lgan maqsad, mano u qadar o'zgarmagan. Logotipimizda asosiy ranglar oq va ko'k ranglari saqlab qolishga harakat qildik. Yangi logotipda jamoa azolari hamda muxlislarimizning vatanga, Qo'qon shahriga va jamoaga bo'lgan mehri aks etgan. 

Logotipdagi “Kokand”  “1912”  “football club” yozuvlari, jamoa nomini anglatish bilan birga, 1912 yilda Qo'qon shahrida o'zbekistondagi ilk futbol jamoasi tuzilganligini, Qo'qon shahri o'zbek futbolining vatani ekanligini ham bildiradi. Logotip markazida esa dunyo hunarmandlarining markazi bo'lgan Qo'qon shahrining ramzi bo'lgan Xudoyorxon o'rdasi joylashtirilgan. 

Bundan buyon “Qo'qon-1912” jamoasiga tegishli barcha rasmiy hujjatlarda, jamoa liboslarida, tijorat-reklama ishlarida yangi logotipdan foydalaniladi", - deyiladi klub xabarida.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика