So’nggi yangiliklar

13:2944 ёшли дарвозабон жаҳон рекордини янгилади  0 12:46"Осасуна" мураббийи "Реал"га қарши баҳсдаги четлатиш ҳақида: "Бу мен учун қизил карточка эмас"  12 12:35Ўмон терма жамоаси CAFA турнири учун таркибини эълон қилди  2 12:08Собиқ ҳакам: "Мбаппе билан боғлиқ вазиятда пенальти йўқ эди"  13 11:36"Навбаҳор" охирги маротаба Ғузорда қачон ғалаба қозонган?  2 10:50Гвардиола келажаги ҳақида фикр билдирди  5 10:21ПСЖ ва "Атлетико" япониялик футболчи учун курашмоқда  1 09:52"Тоттенхэм" Англия терма жамоаси аъзосининг транферини якунлади  3 09:23Моуринью нима учун ўзини дунёнинг энг яхши мураббийларидан бири деб билишини тушунтирди  15 08:54"Ньюкасл" Исак бўйича расмий баёнот берди  3 08:25Муҳаммад Салоҳ тарихий натижа қайд этди  4 07:56ЦСКА тасдиқлади  13 07:27Суперлига. Бугун 20-турга старт берилади  6 02:13ЕЧЛ. "Қорабоғ", "Пафос" ва "Брюгге" саралашнинг сўнгги босқичидаги илк баҳсларни ўз фойдаларига ҳал қилишди  1 02:02Ла Лига. Мбаппенинг пенальтидан киритган голи "Реал Мадрид"га илк турдаги ғалабани тақдим этди  71

"Qo'qon-1912": Futbolchilar tatilga chiqishdi Yangiliklar

"Qo'qon-1912": Futbolchilar tatilga chiqishdi

Teglar :  Qo'qon-1912
Oliy liganing birinchi davrasini ajoyib tarzda o'tkazgan “Qo'qon-1912” jamoasi azolari qisaqa muddatli tatilga chiqishdi.

Qarshida bo'lib o'tgan O'zbekiston kubogi chorak finali dastlabki o'yinidan so'ng , bosh murabbiy No'mon Hasanov jamoa azolariga 9-iyulga qadar dam olish uchun ruxsat berdi.

Endi jamoa futbolchilari ikkinchi davraga tayyorgarlikni 9-iyul kuni boshlaydilar. Rejaga ko'ra 9 iyuldan 21 iyulga qadar jamoa Toshkent viloyatida navbatdagi o'quv-yig'in mashg'ulotlarini olib boradi. Bu yig'in davomida jamoa tarkibida o'zgarishlar bo'lishi mumkin. Murabbiylar shtabi jamoani kuchaytirish maqsadida ayrim futbolchilar bilan muzokaralar olib borishmoqda. Ular aynan qaysi o'yinchilar ekanligi haqida , ularning jamoa yig'iniga kelishi aniq bo'lgach xabar beramiz. SHuningdek navbatdagi yig'in davomida oliy liga klublari bilan o'rtoqlik o'yinlari ham o'tkaziladi.

Jamoaning serbiyalik futbolchilari Darko Gojkovich hamda Filip Rayevac davralar oralig'idagi tanaffusdan foydalanib o'z yurtlariga jo'nab ketishdi. Bu futbolchilar jamoaning navbatdagi o'quv-yig'inlariga biroz kechroq kelib qo'shiladilar.

Jamoaning uch nafar futbolchilari Oybek Rustamov , Javohir Sidiqov hamda Andrey Sidorovlar esa , O'zbekiston U-22 terma jamoasi bilan birga Qatar davlatida bo'lib o'tayotgan halqaro turnirda ishtirok etishmoqda.

Jamoa azolari navbatdagi rasmiy uchrashuvni 26 iyul kuni Qo'qonda o'tkazishadi. SHu kuni O'zbekiston kubogi chorak finali javob uchrashuvini o'tkazish uchun Qarshining “Nasaf” jamoasi Qo'qonga tashrif buyuradi.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика