Qoidabuzarlikdan so'ng urilgan gol va VARning noto'g'ri aralashuvlari. Superliganing 9-turi hakamlik tahlili
14 may 12:21
Yangiliklar


Qoidabuzarlikdan so'ng urilgan gol va VARning noto'g'ri aralashuvlari. Superliganing 9-turi hakamlik tahlili
❌ "Dinamo" - "Surxon"
Agar "Surxon" shu vaziyatda gol urganida, uni bekor qilish lozim bo'lardi. Maydon markazida qoida buzilishi sodir bo'ldi, fol esa hujum fazasida (darvozaga zarba berishdan sal oldin) yuz berdi. Hakam qulay poziciyada turgan edi va agar u bu erda folni qayd etganida, barcha uchun osonroq bo'lardi.
❓ "Dinamo" - "Surxon"
Qabul qilingan qarorning to'g'riligini aniqlash imkonsiz. Takroriy vaziyatlar sifati (vaqt va rakurslar) yaxshilanishni talab qiladi.
✅ "Dinamo" - "Surxon"
O'yinni davom ettirish to'g'ri qaror edi. Sirpanib tashlanish paytida "Surxon" o'yinchisi birinchi bo'lib to'pga tegishga ulgurdi, shundan so'ng "Dinamo" o'yinchisining o'zi himoyachining oyog'ini bosib, muvozanatini yo'qotdi. Bu qo'pol o'yin hisoblanmaydi.
✅ "Qo'qon-1912" - OKMK
"Qo'qon-1912" himoyachisi raqibning zarbasini muvaffaqiyatli to'sdi, shundan so'ng to'p yo'nalishini o'zgartirib, himoyachining qo'liga tegib ketdi. Hakam o'z qarorida qolib, to'g'ri qaror chiqardi va penalti belgilamadi. VAR esa noto'g'ri ravishda bu epizodga aralashdi.
❌ "Paxtakor" - "Buxoro"
Mening fikrimcha, hakam "Paxtakor"ning golini noto'g'ri hisobga oldi. Maydon markazida "Paxtakor"ning 27-raqamli o'yinchisi to'pni olib qo'yishga urinib, qoida buzdi. Qoidabuzarlik hujum fazasida sodir bo'ldi va bir necha soniyadan so'ng gol urildi. VAR bu vaziyatga to'g'ri aralashdi, ammo hakam negadir golni bekor qilmaslikka qaror qildi.
✅ "Navbahor" - "Xorazm"
"Xorazm" darvozasiga belgilangan penalti to'g'ri qaror edi. Bu vaziyatda "Xorazm" darvozaboniga sariq kartochka ko'rsatish shart emas, chunki "Navbahor" o'yinchisi to'pni darvoza tomon emas, balki undan biroz yon tomonga surayotgan edi. Bundan tashqari, darvozabon baribir to'pga etib borishga harakat qildi, ammo ozgina kech qoldi va natijada "shlagbaum" deb ataladigan holat yuzaga keldi. To'qnashuv uncha kuchli bo'lmasa-da, tez harakatlanayotgan "Navbahor" o'yinchisining qadamini buzish uchun etarli bo'ldi.
✅ "Navbahor" - "Xorazm"
Jarima maydonidagi oddiy o'yin holati. Ikkala o'yinchi ham to'pga intilmoqda, ularning to'qnashuvi muqarrar edi. Bundan so'ng, hakam ofsaydni belgilashi lozim edi, chunki to'p oxir-oqibat "Navbahor" jamoasi o'yinchisiga etib bordi. U "Xorazm" himoyachilariga nisbatan darvozaga yaqinroq turgan edi.
✅ "So'g'diyona" - "Sho'rtan"
Hakam o'yinni to'g'ri davom ettirdi. Bu vaziyatda to'pning tayanch qo'lga "klassik" tarzda tegishi sodir bo'lgan – "Sho'rtan" jamoasi o'yinchisi sirpanib to'pning yo'nalishini to'xtatishga uringan va qo'llarini tortib olishga ulgurmagan. Bunda himoyachi to'p qo'liga tegishidan oldin uni oyog'i bilan o'ynagan bo'lsa-da, ushbu holatda bu jarayon muhim ahamiyatga ega emas.
✅ "So'g'diyona" - "Sho'rtan"
Bu vaziyatda hakamlarning har qanday qarorini qo'llab-quvvatlash mumkin edi. Ushbu epizodni quyidagicha baholash mumkin edi:
1) o'yin holati, tasodifiy va muqarrar to'qnashuv;
2) jiddiy qoida buzilgani uchun jarima zarbasi va maydondan chetlatish (agar hakamlar qasddan va ataylab zarba berilganini aniqlashsa).
Men, baribir, ikkinchi variantni maqul ko'raman. "Sho'rtan" jamoasi o'yinchisi to'g'ri qaror evaziga chetlatildi. Etiborli tomoni shundaki, Superliga hakamlari bunday holatlarni bir xil talqin qilishlari birinchi marta emas. Izchillik mavjud, bu juda muhim.
✅ "So'g'diyona" - "Sho'rtan"
"So'g'diyona"ning goli to'g'ri hisoblandi, VARning ham aralashmagani maqbul qaror sanaladi. "Chegaradosh" vaziyatda yordamchi hakam va bosh hakam hujum foydasiga qaror qabul qilishdi. To'p kiritilgan paytda "So'g'diyona"ning barcha o'yinchilari to'g'ri holatda turgan. So'ngra, hujumning birinchi bosqichida "So'g'diyona" o'yinchilaridan biri bosh bilan zarba berishga urindi. Hech bir takrorda uning to'pga tekkani va to'p yo'nalishini o'zgartirgani haqida dalil mavjud emas. O'yinchi, ehtimol, to'pga tegmagan va to'p uning boshidan o'tib ketgan. Shundan so'ng ikkinchi bosqichda "So'g'diyona"ning boshqa bir o'yinchisi gol urdi. U to'g'ri holatdan yugurib chiqib, to'p kiritadi. Agar birinchi o'yinchi to'pga tekkanida edi, gol bekor qilinishi kerak bo'lardi.
Shu tariqa, Superliganing 9-turida hakamlar ikkita xatoga yo'l qo'yishdi. Bundan tashqari, epizodlardan birida ekspertimiz hakam qabul qilgan qarorning to'g'ri yoki noto'g'riligini aniqlay olmadi. Takidlash joizki, bir necha epizodda VAR tizimi asossiz ravishda aralashgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar