So’nggi yangiliklar

20:17"Верона" — "Ювентус". Таркиблар маълум  1 20:15Суперлига. "Нефтчи" – "Динамо" 1:1 (матнли трансляция)  27 20:12"Бухоро" ўз тарихида биринчи маротаба "Навбаҳор"га 3тадан кўп гол урди   1 19:59Суперлига. "Бухоро" "Навбаҳор" дарвозасига жавобсиз 5 та тўп киритди  83 19:53"Сабаҳ" — "Туран". Раҳмоналиев асосий таркибда  1 19:26Зиданнинг 27 ёшли ўғли Люка спорт фуқаролигини Жазоирга ўзгартирди  0 18:55Суперлига. "Хоразм" ўз уйида "Қўқон-1912" билан дуранг ўйнади  11 18:41"Реал" — "Эспаньол". Таркиблар маълум  17 18:35АПЛ. "Ливерпуль" Мерсисайд дербисида қийин ғалабага эришди  11 17:42"Хоффенхайм" — "Бавария". Таркиблар маълум  2 17:08Футзал. Ўзбекистон Фаластинни тор-мор этди  16 16:41Рубен Санчес: "Мухлисларимизни яна бир бор ранжитишга ҳаққимиз йўқ эди"  0 16:02Тимур Кападзе Хитой мураббийи бўлиши ҳақидаги саволга аниқ жавоб берди  54 14:12"Шўртан" ва "Пахтакор" ўртасида нурсиз дуранг қайд этилган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 13:45ОКМК "Бунёдкор"ни йирик ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0

SHiddatli va qiziqarli tarzda kechayotgan La Liganing 8-tur uchun prevyusi Yangiliklar

SHiddatli va qiziqarli tarzda kechayotgan La Liganing 8-tur uchun prevyusi

Ispaniya chempionati 7-turini “El klassiko” bezab berdi, shubhasiz.

Zerikarli o'tishi ko'p bora aytilgan biroq yakunda buning aksi bo'lib chiqqan bahsda madridliklar g'alaba qozonishdi va turnir jadvalida o'z holatlarini ancha yaxshilab olishdi. “Barselona” esa o'zi uchun nomunosib o'rinda. Xo'sh, 8-turda bizni qanday bahslar kutmoqda, kutyapsizmi, albatta biz ham. Bugun tunda boshlanadigan tur uchrashuvlari prevyusi bilan esa quyida tanishishingiz mumkin.


30.10  01:00  (Toshkent vaqti)  “Eybar” – “Kadis”

O'tgan turda o'z maydonida “Vilyareal” bilan durang o'ynagan “Kadis” jamoasi bu turda 7-turda “Sevilya” maydonidan g'alaba bilan qaytgan “Eybar”ga qarshi bahs olib boradi. Jamoalarni turnir jadvalida 3 ochko ajratib turibdi. “Kadis” evrokuboklarga yo'llanma berishi mumkin bo'lgan “kuchli oltilik”da joylashgan, “Eybar” esa 11-o'rinda. To'plar nisbati ham deyarli o'xshash: “Eybar” – 5-6, “Kadis” – 6-6. “Eybar” o'tgan turdagi g'alabadan ilhomlanib bu turda ham 3 ochko uchun harakat qilishi tabiiy, mehmonlar esa raqiblari o'zlari bilan tenglashib olmasligiga harakat qilishlari aniq.

O'zaro o'yinlar: Jamoalar so'nggi bor o'zaro 2008-yilda o'zaro bahs olib borishgan. O'z tarixlarida esa 7 bor. SHundan 4 g'alaba “Eybar”da, 1 g'alaba “Kadis” hisobida bo'lsa va yana ikki uchrashuvda tomonlar murosa ko'chasini tanlashgan.

Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Kote, Serxio Kubero, Pedro Bigas, Resio (“Eybar”). Lusimi Kesada, Isaak Karselen, Mauro Markos (“Kadis”).


31.10  18:00  (Toshkent vaqti)  “Real Madrid” – “Ueska”

“El klassiko”dagi g'alabadan so'ng ko'pchilik madridliklardan yanada olg'a yurishni kutishgan bo'lsa-da, jamoa ECHLda “Borussiya M”ga qarshi o'yinda durang o'ynab qaytdi. “Ueska”ning ishlari esa havas qilarli emas. Turnir jadvalida xavfli zonada, 20 jamoa ichida ikki g'alaba qozona olmagan jamoaning biri. O'tgan turda hozirda peshqadam bo'lib turgan “Real Sosedad”dan qaqshatqich zarbaga uchradi (4:1). CHempionlar ligasida ishlari yurishmayotgan va chempionatda birinchi o'ringa ko'tarilmayotgan “Real” bu o'yinda favorit, lekin “Ueska” ham harakat qilib ko'radi, “SHaxtyor” 3 talab gol urgan jamoaga ular ham ura olishi mumkin.

O'zaro o'yinlar: Tarixlarida atigi 2 bor to'qnash kelishgan bo'lsa, shu ikkisi ham o'tgan mavsumga to'g'ri keladi va barchasida madridliklarning qo'li baland kelgan. To'plar nisbati: 4:2.

Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Alvaro Odriosola, Dani Karvaxal, Martin Edegor, Mariano Dias (“Real Madrid”). SHinji Okazaki, Pedro Lopes, Mikel Riko, Pablo Insua, Antonio Valera (“Ueska”).


31.10  20:15  (Toshkent vaqti)  “Atletik Bilbao” – “Sevilya”

Turning markaziy uchrashuvi? Nega yo'q?! Ushbu mavsumda ishlari ko'ngildagidek bo'lmayotgan ikki jamoaning o'zaro to'qnashuvi. Afisha etibori bilan ham boshqa o'yinlarga qaraganda markaziyroq. Intrigachi? Keling statistikaga qaraymiz. Mehmonlar “Sevilya” jamoasi 13-o'rinni band qilib turishibdi, 7 ochko bilan. Bilbaoiliklarda 6 ochko mavjud, 16-o'rin. O'yinlar soni bilan taqqoslaydigan bo'lsak “Atletik B” bu borada bir bosh baland. O'tgan turda ikkisi ham mag'lubiyat alamini totib ko'rishdi. O'zlariga munosib bo'lmagan o'rinlardan yuqoriga ko'tarilishga intilayotgan jamoalar to'qnashuvi kuzatamiz.

O'zaro o'yinlar: La Liga doirasida o'tkazilgan bahslarga qaraydigan bo'lsak 152 uchrashuvda 59 g'alaba “Atletik Bilbao”da, 63 g'alaba esa “Sevilya”da. To'plar nisbatida esa bilbaoliklar ustun: 240-226.

Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Unay Vensedor, Peru Nolaskoayn, Ibay Gomes, Kenan Kodro, Oskar de Markos (“Atletik Bilbao”). Joris Nyanon, Ussama Idrissi (“Sevilya”).


31.10  22:30  (Toshkent vaqti)  “Osasuna” – “Atletiko Madrid”

7-turda ikki jamoa ham uch ochkolik bo'lishgan. Turnir jadvalida eng kam gol o'tkazgan (1 ta) “Atletiko” jadvalda o'zidan ikki pog'ona pastdagi jamoa bilan kuch sinashadi. Jamoalarni atigi 1 ochko ajratib turibdi va uchrashuv “Osasuna” maydonida o'tkazilishini hisobga oladigan bo'lsak g'alaba uchun motivatsiya mezbonlarda ko'proq. O'z maydonida, g'alaba qozonish “kuchli oltilik”ka kirish imkonini beradi. Ammo yuqorida aytganimizdek, turnirda bor yo'g'i 1 gol o'tkazgan jamoa ham bir chetda qarab turmasligi tabiiy.

O'zaro o'yinlar: So'nggi 5 uchrashuvning 4 tasida madridliklar g'olib bo'lishgan bo'lsa, bittasida “Osasuna”. Umumiy o'yinlar statistikasiga ham nazar tashlaymiz: 26-42. 13 uchrashuvda esa durang natija qayd etilgan. Gollar nisbati: 89-128.

Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Brandon Lyamas, Darko Brashanats, CHimi Avila, Lukas Torro, Xonatan Kaleri, Ante Budimir (“Osasuna”). Saul Niges, Diego Kosta, SHime Vrsalko (“Atletiko Madrid”).


31.10  01:00  (Toshkent vaqti)  “Alaves” – “Barselona”

Kataloniyaliklar jamoasi prezidenti istefoga chiqqanidan so'ng jamoa o'tkazgan ilk uchrashuvda g'alabaga erishdi va kimsan “Yuventus” ustidan. ECHLda ishlari yurishayotgan “Barselona” La Liga bahslarida oqsayapti. 12-o'ringa jamoa oxirgi marotaba qachon tushganini eslay olmasa ham kerak. 7 ochko 5 o'yindan so'ng. “Alaves”da ham shuncha ochko biroq 7 o'yin o'tkazib qo'ygan jamoa. 7-turda “Valyadolid”ni mehmonda mag'lubiyatga uchratgan klub, “El klassiko”da o'z maydonida mag'lub bo'lgan jamoaga qarshi. Birida o'tgan o'yindagi ishonch bor, yana birida esa alam. Mag'lubiyatga uchrashga ikkisining ham haqqi yo'q. 

O'zaro o'yinlar: 25 uchrashuv, 19 g'alaba “Barselona”da, 4 g'alaba “Alaves”da, ikki bora durang. O'tgan mavsumda “Alaves” maydonida bo'lib o'tgan o'yinda “ko'k-anorranglilar” javobsiz 5 ta to'p kiritishgan.

Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Pere Lons, Ruben Duarte, Floryan Lejyon (“Alaves”). Mark-Andre ter SHtegn, Samuel Umtiti (“Barselona”).


Yuqoridagi 5 o'yinning harorati qay darajada ekanligini o'qidingiz, noyabrning ilk kunlarida o'tkaziladigan yana 5 o'yin ham bulardan kam emas. Intriga jihatidan ham, o'yin ahamiyatliligi darajasidan ham. La Liga 7-turning qolgan o'yinlari ro'yxati quyida:


01.11  18:00  (Toshkent vaqti)  Betis - Elche

01.11  20:00  (Toshkent vaqti)  Selta - Real Sosedad

01.11  22:30  (Toshkent vaqti)  Granada - Levante

01.11  01:00  (Toshkent vaqti)  Valensiya - Xetafe

02.11  01:00  (Toshkent vaqti)  Vilyarreal  - Valyadolid  


Og'abek Samisov tayyorladi

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика