So’nggi yangiliklar

"Qizilqum" sobiq futbolchisi unga qizil kartochka ko'rsatgan hakamga Zidan uslubida zarba berdi Yangiliklar

"Qizilqum" sobiq futbolchisi unga qizil kartochka ko'rsatgan hakamga Zidan uslubida zarba berdi

CHetlatilgan o'yinchi maydonda atigi 20 daqiqa harakat qildi.

Ukraina Birinchi ligasining 15-turidan o'rin olgan "Gornyak-Sport" – "Dinaz" (2:0) uchrashuvida g'aroyib voqea sodir bo'ldi

Uchrashuvning antiqahramoni "Dinas" hujumchisi Vyacheslav SHevchenko bo'ldi. Futbolchi tanaffusdan so'ng maydonga tushdi, ammo atigi daqiqa maydonda harakat qildi. Forvard 64-daqiqada sportga xos bo'lmagan xatti-harakati uchun qizil kartochka oldi.  Ushbu vaziyat aks etgan videoni TELEGRAM-kanalimizda tomosha qilishngiz mumkin.

38 yoshli SHevchenko unga qizil kartochka ko'rsatgan hakamga yaqinlashib, Zinedin Zidanning JCH-2006 finalidagi afsonaviy zarbasini takrorlashga harakat qilib ko'rdi, ammo urinish u qadar muvaffaqiyatli chiqmadi.

Endi futbolchining xatti-harakatlari o'rganilib, unga tegishli jazo tayinlanadi.

Eslatib o'tamiz, Vyacheslav SHevchenko faoliyati davomida O'zbekistonning "Lokomotiv" va "Qizilqum" klublari libosida to'p tepgan.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика