Superliga. "Qizilqum" o'z maydonida "Andijon"ni mag'lub etdi

Aslanov Jasurbek
4 mar 2026
"Qizilqum" hamda "Andijon" o'rtasida o'tkaziladigan Superliganing 2-tur uchrashuvi yakunlandi.

"Qizilqum" – "Andijon" 2:1

04.03.2026

Bosh hakam: Rustam Lutfullin

Yordamchi hakamlar: Sherzod A'zamov, Alisher Usmonov 

Zaxira hakami: Dilshod Ahmedov 

Nazoratchi: Vadim Agishev

VAR: Nayim Qosimov 

AVAR: Elnur Doniyorov 

Komissar: Davron Ibrohimov

Gollar: 1:0 – 35, Jambuli Jigauri (Oleksiy Shebetun), 1:1 – 76, Aleksandre Andronikashvili, 2:1 – 80, Islom Kenjaboev (Alisher Shukurov)

"Qizilqum": 1.Farhod Rahmatov, 8.Shahzod Rahmatullaev (9.Shahzod Turopov, 86), 10.Islom Kenjaboev, 11.Oleksiy Shebetun (70.Shohruz Norxonov, 82), 15.Nikola Kumburovich, 16.Asror G'ofurov, 20.Bobomurod Bozorov (4.Ilhomjon Vahobov, 82), 23.Samandar Shukurullaev, 31.Jambuli Jigauri, 34.Grigol Chabradze (14.Alisher Shukurov, 57), 79.Diyor Rahmatullaev.

Zaxira: 99.Humoyunshoh Sayyotov, 21.Muhammadaziz Ibrohimov, 30.Ozodbek Mo'ydinov, 41.Bekzod Sharipov, 44.G'iyosjon Rizaqulov.

"Andijon": 35.Rahimjon Davronov, 4.Igor Golban, 6.Aleksandre Andronikashvili, 8.Jamshid Boltaboev (11.Humoyunmirzo Iminov, 61), 9.Imeda Ashortiya (22.Usmonali Ismonaliev, 87), 10.Dragan Cheran, 15.Nemanya Chalasan, 20.Islom To'xtaxo'jaev, 23.Doniyor Abdumannopov (7.Po'latxo'ja Xoldorxonov, 46), 27.Martin Boake, 77.Mahmudjon Mahamadjonov.

Zaxira: 1.Eldor Adhamov, 2.Odilbek Abdumajidov, 3.Ibrohim Yo'ldoshev, 18.Damir Temirov, 26.Muhammadkarim Toirov, Sayfiddin Sodiqov.

Ogohlantirishlar: Jambuli Jigauri (27), Humoyunmirzo Iminov (63), Bobomurod Bozorov (65), Alisher Shukurov (75), Islom To'xtaxo'jaev (85), Asror G'ofurov (90+6)

MATNLI TRANSLYATSIYA

YANGILASH

O'yin yakunlandi.

90+6. Ismonalievning raqib jarima maydonida chap oyoqda yo'llagan zarbasi noaniq. 

90+6. Asror G'ofurov vaqt cho'zgani uchun ogohlantirildi.

90+5. Iminovning jarimadan uzatmasidan so'ng Andronikashvili bosh bilan zarba yo'lladi. Rahmatov o'z o'rnida.

90+2. "Qizilqum" darvozaboniga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

90. Ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shildi.

87. "Andijon"da o'zgarish.

86. "Qizilqum"da o'zgarish.

85. To'xtaxo'jaev raqibiga tirsagi bilan zarba bergani uchun ogohlantirildi.

84. Iminovning zarbasidan so'ng mehmonlar burchak to'pi ishladi.

82. "Qizilqum"da ikki o'zgarish.

80. GOL! "Qizilqum" tezkor javob qaytardi. Burchak uzatmasidan qaytgan to'pni "Qizilqum" sardori Islom Kenjaboev raqib darvozasiga joyladi!

76. GOL! Aleksandre Andronikashvili jarima zarbasidan "Qizilqum" darvozasini ishg'ol qildi! "Andijon" futbolchisining zarbasi dastlab to'singa, so'ngra darvozabonga tegdi va to'rga borib tushdi!

75. Shukurov sariq kartochka bilan jazolnadi. Mehmonlarda standart vaziyat.

65. Bozorov Boakeni qo'pollik bilan to'xtatgani uchun ogohlantirildi.

63. Iminov Jigaurini qo'pollik evaziga to'xtatgani uchun ogohlantirildi.

61. "Andijon"da o'zgarish.

57. Mahamadjonovning olisdan yo'llagan zarbasi o'ta noaniq.

57. "Qizilqum"da o'zgarish.

50. Chalasanning zarbasidan so'ng Rahmatullaevning zarbasi himoyachiga tegib qaytdi.

48. Chabradzega tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. "Andijon"da bitta o'zgarish.

Taym yakunlandi.

45+3. Kenjaboevning jarimadan yo'llagan zarbasi rekoshet hosil qilib, raqib darvozasi yonidan o'tib ketdi.

45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shildi.

45. Mezbonlarning tezkor qarshi hujumini Mahamadjonov zararsizlantirdi.

44. Ashortianing zarbasi yo'lini Shukurullaev tusdi. Burchak zarbasi.

43. Abdumannopov o'yindan tashqari holatda.

38. G'ofurovga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

35. GOL! Jigauri 25-30 metr masofadan raqib darvozasining pastki burchagini aniq nishonga oldi!

34. Boakening pasidan so'ng Abdumannopov jarima maydonida chap oyoqda noaniq zarba yo'lladi.

32. Chabradzega tibbiy yordam ko'rsatilmoqda. Qoidabuzarliklar: 4-5

27. Efir tiklandi. Jigauri Cheranga nisbatan qo'pollik uchun ogohlantirildi.

Translyatsiyada uzilish sodir bo'ldi.

21. Kumburovichga tibbiy yordam ko'rsatildi.

20. Ashortia ofsaydda qoldi. Ofsaydlar: 0-2

19. Shahzod Rahmatullaevning zarbasi noaniq ko'rinish oldi.

19. Markazda Chabradze yiqitildi. Qoidabuzarliklar: 3-3.

17. Cherandan uzatma qabul qilgan Boake o'yindan tashqari holatda qoldi. 

15. "Andijon"ning standart vaziyati Andronikashvilining noaniq zarbasi bilan yakunlandi.

13. Mahamadjonovning chap qanotdan uzatmasini Rahmatov egalladi.

6. Kenjaboev markaz bo'ylab oldinga yugurib, ikki raqibini ortda qoldirdi va chap qanotdagi Diyor Rahmatullaevga pas berdi, ammo Golban ishonchli harakat qilib, to'pni "Qizilqum" futbolchisidan maydonni tark etishini taminladi.

Ilk turdan so'ng turnir jadvalida "Qizilqum" 14, "Andijon" esa 1-o'rinda bormoqda.

1. O'yin boshlandi. "Qizilqum" qizil, "Andijon" oq rangli liboslarda harakat qiladi.



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia