So’nggi yangiliklar

02:09Мутолаа учун. Шомуродов ўйнаётган "Рома" очко йўқотди: А Сериянинг 7-тур якунлари  1 00:45Италия Суперкубоги Саудия Арабистонида ўтказилади. Тақвим маълум  0 00:15Уэйн Руни Англия терма жамоасининг энг яхши ўйинчиси кимлигини айтди  4 23:28Ўзбекистон терма жамоаси Эронга қарши ўйинга тайёргарлик кўрмоқда. Элдор Шомуродов билан кичик интервью  0 22:46Андрес Иньеста 2010 йилги "Олтин тўп" ҳақида гапирди  10 22:05Ҳарри Магуайр бир неча ҳафтага сафдан чиқди  0 21:29Серхио Агуэро "Барселона"ни судга берди  6 21:03Асрор Алиқулов: "Қўқон-1912"га қарши дуранг унчалик ҳам ёмон натижа эмас"  1 20:38Шомуродов, Ўрунов, Юсупов, Файзуллаев ва Ҳусанов ҳам машғулотларга киришди ГАЛЕРЕЯ  30 20:11Мбаппе – "Реал"нинг сентябрдаги энг яхши футболчиси  3 19:33Гравенберх: "Слот ўз кучимга ишонишимга ёрдам бермоқда"  0 19:03Элдор Шомуродов: "Эронга қарши ўйин, Қирғизистонга қарши баҳсдан осонроқ бўлади"  31 18:31ПРО-Лига. "Қўқон-1912"га қарши баҳсда "Машъал" сўнгги дақиқаларда мағлубиятдан қутулиб қолди  8 17:53Эдер Милитао яна жароҳат олди  4 17:24"Барселона" эътиборини "Лилль" ҳимоячисига қаратди  3

"Qizil-qora" sulola asoschisi yoxud CHezare Maldini haqida Yangiliklar

"Qizil-qora" sulola asoschisi yoxud CHezare Maldini haqida

Teglar :  CHezare Maldini
Mashhur futbolchi, murabbiy, ota va bobo CHezare Maldini haqida malumot beramiz.

Italiyaning sharqida, shundoqqina Sloveniya bilan chegara yonginasida tug'ilgan CHezare Maldini 1954 yil Milan shahriga ko'chib o'tgandi. "Triestina"  klubi safida Italiya A seriyasida bir mavsum o'ynagan oddiygina futbolchi "rossonerlar" qiziqishlari doirasiga kirib qolgandi. SHundan so'ng nafaqat CHezare Maldini, balki uning oilasi "Milan"ga 60 yildan buyon xizmat qilib kelmoqda.

Buyuk futbol sulolasi asoschisi "San Siro"da 12 yil o'ynadi. Bu davr mobaynida u 412ta o'yin o'tkazdi. Bu borada klub safida o'yin o'tkazish bo'yicha 10-o'rinda bormoqda. Birinchi o'rin CHezarening o'g'li Paologa tegishli – 902 o'yin.



"Milan" safida CHezare Maldini 4ta skudetto va bir bor Evropa chempionlar kubogini yutgan. 26 yildan so'ng xuddi shu sovrinni Paolo boshi uzra ko'tardi.

"Torino"da faoliyatini yakunlagan CHezare Maldini bir necha yilni oilasiga bag'ishladi. 1968 yilda uning katta farzandi tug'ildi. Ungacha uch nafar qizning otasi edi. Keyinroq Paoloning ikkita ukasi ham tug'ildi, biroq futbol sulolasini davom ettirish aynan katta o'g'il gardaniga tushdi. Qobiliyat, otasining xarakteri aynan Paologa o'tgandi. CHezare katta o'g'li bilan vaqtini ko'proq birga o'tkazardi. Ota o'g'ilga ham klubda, ham terma jamoada murabbiylik qilgan.



Italiya yoshlar terma jamoasini 10 yil davomida boshqargan CHezare uch marta ketma-ket 1992-1996 yillarda Evro U21 da chempion bo'lgan. SHu tariqa katta Maldini o'smirlardan keyinchalik Italiya futboliga katta foyda keltirgan talantlarni kashf qilgan. 2006 yil Italiya terma jamoasi safida Jahon chempioni bo'lgan deyarli barcha futbolchilar Buffondan boshlab Tottigacha CHezarening qo'lida tarbiya topishgan. Biroq Italiya milliy terma jamoasi boshqaruvida CHezare eski uslublari tufayli keskin tanqidlarga uchragan. Biroq chorak finalda bo'lajak Jahon chempioni Franciyaga penaltilar seriyasida mag'lub bo'lish u qadar yomon natija emas edi. Keyinroq katta Maldini 2002 yilgi mundialda ham ishladi. Murabbiy Paragvay terma jamoasini guruhdan keyingi bosqichga olib chiqqandi. Nimchorak finalda bo'lajak finalchi Germaniyaga kichik hisobda imkoniyat boy berilgandi.



2002 yilda murabbiylik faoliyatini tugatgach "Milan" klubi skauti sifatida ish boshladi. Nevaralari Kristian va Daniel klub futbolkasini ilk bor kiyganini o'z ko'zi bilan ko'rishga muvaffaq bo'lgan. Kristian ayni paytda 19 yoshda u "Milan" yoshlar jamoasi sharafini himoya qilmoqda. Afsuski uning asosiy jamoadagi debyutini endi bobo ko'ra olmaydi. Kristian yoki Daniel klubda Maldinilar sulolasi uchun band qilib qo'yilgan 3-raqamga ega bo'lishsa bundan CHezare albatta xursand bo'lgan bo'lardi. "Qizil-qora" sulola asoschisi "Milan" tiffozilari CHezare nomini doim hayajon va muhabbat bilan tilga olishlari uchun barcha ishni qilib ketdi.


2016 yilning 3 aprel sanasida CHezare Maldini bu dunyoni tark etdi.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика