So’nggi yangiliklar

01:46Ўзбекистон терма жамоасининг шанба кунги машғулоти  1 01:42Миллатлар лигаси. Испания, Португалия, Сербия, Руминияда ғалаба, Беларусь ва Шимолий Ирландия нурсиз дуранг ўйнади  6 01:31"Ливерпуль" туркиялик футболчига қизиқмоқда  2 00:49"Хвича икки йилдан сўнги Англия ёки "Реал"га йўл олади. Бошқалар унинг учун тўлай олишмайди"  1 23:28"Ал Ҳилол" келаси йили Винисиус Жуниорни харид қилмоқчи  5 22:57Миллатлар лигаси. Хорватия ўз уйида ғалабага эришди, Болгария — Люксембург ўйинида 11та сариқ карточка кўрсатилди  6 22:07Ўткир Юсупов: "Эрон билан ўйинда 1 очко ҳам яхши натижа, БААни эса мағлуб этмоқчимиз"  9 21:41Суперлига. "Динамо" — "Навбаҳор" 0:1  0 21:29Мбаппе Франция терма жамоасининг фақат муҳим ўйинларида ҳаракат қилмоқчи. "Реал" форварди 2025 йилги "Олтин тўп"ни кўзлаган  3 20:55Суперлига. "Навбаҳор" 14-турнинг қолдирилган ўйинида "Динамо"дан устун келди  36 20:26Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги машғулотларидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 19:49"Манчестер Сити"нинг машҳур спорт директори клубни тарк этяпти  4 19:18Кроос "Реал"га қайтяпти  5 18:45Ўзбекистон терма жамоасининг машғулоти Сречко Катанец назорати остида ўтади  43 18:25Про лига. Бешимовнинг голи "Қўқон-1912"га ғалаба тақдим этди  2

"Qizil iblislar" "Enfild"ga hujum qiladi. Britaniyaning eng katta derbisiga bag'ishlangan PREVYU Yangiliklar

"Qizil iblislar" "Enfild"ga hujum qiladi. Britaniyaning eng katta derbisiga bag'ishlangan PREVYU

Bugun kichik tanaffusdan keyin Angliyada chempionat o'yinlari davom ettiriladi.

Premer-ligada bugun 8-tur uchrashuvlariga start beriladi. Turni "Liverpul" - "Manchester Yunayted" bahsi boshlab beradi.

APL, 8-tur

"Liverpul" – "Manchester Yunayted"

14.10.2017, 16:30

"Enfild Roud"

Bosh hakam: Martin Atkinson (Lids).


Bugun futbol ishqibozlari ushbu haftaning markaziy uchrashuvini tomosha qilishlari mumkin bo'ladi. "Liverpul" va "Manchester Yunayted" qarama-qarshiligi Angliyadagi eng katta derbi hisoblanadi. Bu jamoalar mamlakatning eng sovrindor klublari hisoblanishadi, har ikkisi birgalikda 38 bor chempion bo'lgan.

Terma jamoalar o'yinlari paytida "Liverpul" o'zining bosh fizilterapevti Endi Renshouni ishdan bo'shatdi, bu qarorni bosh murabbiy Yurgen Klopp qabul qildi. Jamoada jarohatlangan soni oz emas, bu narsa ayniqsa hujumkor chiziqda yaqqol bilinishi turgan gap. Adam Lallana hamon davolanish bilan band bo'lsa, terma jamoasiga Sadio Mane ham jarohat oldi. Demak, bugun "qizillar"ning hujumkor chizig'ida Salax, Koutino va Firmino harakat qiladi. Ayni paytda Muhammad Salaxning ajoyib formada ekanligi "Liverpul"ga katta ustunlik beradi. Klopp shogirdlari odatda kuchli raqiblarga qarshi ideal o'yin ko'rsatishini hisobga olsak, turnir jadvali peshqadamlaridan biri bo'lgan MYUga ancha qiyin bo'ladi. Lekin, mersisaydliklarga himoya chizig'i pand berishi mumkin. Mezbonlarning himoya chizig'i juda ham bo'sh, bu haqda mavsum avvalidagi prevyuda ham qayd etib o'tgan edik. O'shanda, "Liverpul" bu himoyasi bilan ECHL tugul, APLda ham chempionlik uchun kurasha olmaydi deb yozgan edik. Balki, qishda Klopp jahon darajasidagi himoyachi olib kelishga urinib ko'rar.


"Manchester Yunayted" terma jamoalar o'yinidan jabr ko'rdi desak mubolag'a bo'lmaydi. O'zining eng yaxshi formasiga kirib olgan Maruan Fellayni Belgiya terma jamoasi o'yinida jarohat oldi va endilikda 3 haftani o'tkazib yuboradi. Uning o'rnida bugun Ander Errerani ko'ramiz. Jarohatlanganlar ro'yxati MYUda kattagina bo'lib turibdi. Mavsumni ishonchli tarzda boshlagan Mourino shogirdlari "Enfild"dan g'alaba bilan qaytishsa, ko'plab tanqidlarga munosib javob qaytargan bo'lishadi. Yani, ko'pchilik "Yunayted" chempionatda haligacha jiddiy raqibga qarshi o'ynamagani uchun ham yuqorida yuribdi degan fikrlarni bildirmoqda.

"Liverpul"dan farqli o'laroq, "Manchester Yunayted"ning himoyasi va darvoza chizig'i juda kuchli. Bunga jamoa ortda qolgan 7 o'yindan 6tasida o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qolganidan ham bilib olish mumkin. "Qizil iblislar" hujum chizig'ida Reshford, Mxitaryan, Mata va Lukakuni ko'rsak kerak. Yuqoridagi o'yinchilarning har biri hozir yaxshi formada, kamiga zaxiradan qo'shilishi mumkin bo'lgan Marsyal ham ajoyib formada va bu narsa "Liverpul" himoyachilarini havotirga solishi turgan gap.

Demak, futbol ishqibozlarini bugun 16:30da Britaniyaning eng katta derbisini tomosha qilishga chorlab qolamiz. Bu uchrashuvni tomosha qilish uchun sarflagan vaqtingizga afsuslanmaysiz.



Qiziq:

- "Liverpul" Premer-ligada "Manchester Yunayted"ni 6 o'yindan beri yuta olmayapti (2 durang, 4 mag'lubiyat);

- Joze Mourino MYU bosh murabbiyligiga kelganidan keyin shu kunga qadar har ikki klub APLda bir xil ochko to'plagan (88 ochko);

- Agar bugun "Manchester Yunayted" g'alaba qozonsa, Premer-ligada 8 turdan keyin o'z tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etadi (22 ochko bo'ladi). Bundan oldingi yaxshi natija 1999/00 hamda 2011/12 yilgi mavsumlarda 8 turdan keyin 20 ochko jamg'arilgan;

- Romelu Lukaku bugun MYU tarkibida APLdagi birinchi 8ta o'yinda 8ta gol urgan tarixdagi birinchi futbolchiga aylanishi mumkin.



Murabbiylar fikrlari:

Yurgen Klopp ("Liverpul"): "Biz o'z maydonimizda, "Enfild"da o'ynaymiz. Bu Kenni Dalglish nomidagi tribuna ochilganidan keyingi birinchi o'yin bo'ladi va biz bu kuchdan foydalanamiz".

Joze Mourino ("Manchester Yunayted"): "Enfild"da o'ynash - bu ajoyib. Maqsadimiz - har doimgidek g'alaba qozonish. Lekin, buni raqibimiz ham xohlaydi. "Liverpul" uyda o'ynaydi va ular top jamoalarga qarshi hamisha yaxshi o'ynashadi. Oson o'yin bo'lmaydi. Eng yaxshi o'yinimizni ko'rsatishimiz va bir necha kundan so'ng ECHLda o'yinimiz borligini unutishimiz kerak".



Angliya Premer-ligasi turnir jadvali >>> APL


Tolibjon Qosimov

Muallif : Tolibjon Qosimov
Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика