So’nggi yangiliklar

16:39ФИФА платформасига интеграция: ПФЛ клубларга қатъий талаб қўйди  0 16:14"2027 йилги футбол бўйича U-20 Жаҳон чемпионатига тайёргарлик кўриш ва уни ўтказиш чора-тадбирлари тўғрисида"ги Президент Қарори эълон қилинди  0 15:40Тошкент футболи — 100 ёшда  1 15:18МЮ истеъдоди атрофида ажиотаж: 12 та клуб у учун саф тортди  1 14:50Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячисини мақтади  2 14:22Ла Лигада навбатдаги истеъфо  0 13:53Ван Дейк Салоҳ билан суҳбати ҳақида гапирди  2 13:24"Эмери эффекти": "Астон Вилла" клуб рекордини ўрнатди  9 12:56Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади  25 12:28Мадрид клуби "Манчестер Юнайтед" ҳимоячисини кузатмоқда  2 11:57Ўзбекистоннинг икки гранди МТЖ аъзосига қизиқмоқда  18 11:31Водий клуби "Нефтчи" легионерига кўз тикди  6 10:44Педри Мессининг 15 йил аввал ўрнатган рекордини янгилади  2 10:16"Ливерпуль" собиқ устози Саудия клубини бошқаришга розилик берди  2 09:48Пеп Гвардиола Алекс Фергюсоннинг Премер-лигадаги рекордини янгилади  3

Qisqa vaqtda Osiyoni o'ziga qaratgan "Bunyodkor" - 20 yoshda Yangiliklar

Qisqa vaqtda Osiyoni o'ziga qaratgan "Bunyodkor" - 20 yoshda

Teglar :  BunyodkorYubiley
Toshkentning "Bunyodkor" jamoasi bugun 20 yoshga to'ldi.

Bundan roppa-rosa 20 yil muqaddam, 2005 yilning 6 iyul kuni "Neftgazmontaj-Quruvchi" nomi bilan tashkil topgan "Bunyodkor" bugun 20 yoshni qarshi oldi. Keyinchalik "Quruvchi" nomi bilan nafaqat mamlakatimizda, balki Osiyoda ham o'z o'rniga ega bo'lgan jamoa 2008 yil "Bunyodkor"ga aylangach, dunyo nashrlarida ham tilga olina boshlandi, amalga oshiriyotgan ishlari etirof etildi, "qaldirg'ochlar" yanada balandroq ucha boshladi. Bu orada klubda o'sha mashhur Ziko, Luis Filipe Skolari kabi murabbiylar ishladi. Rivaldo singari jahon tan olgan, Xose Luis Vilyanueva kabi mohir to'purar legionerlar "Bunyodkor" libosini kiyishdi. Ispaniyaning grand jamoasi "Barselona" bilan o'zaro hamkorlik yo'l qo'yildi. Qisqa vaqt ichida milliy terma jamoamizning o'zagi bo'lgan futbolchilar "Bunyodkor" azosi sifatida maydonga tusha boshladi. Amalga oshirilgan islohatlar o'laroq, klub qoshida futbol akademiyasi qurib bitkazilib, foydalanishga topshirildi va u OFK tomonidan 2 ta yulduz maqomiga loyiq ko'rildi. Qisqasi, "qaldirg'ochlar"ning muvaffaqiyati uchun ko'pchilik eng shimarib, hamjihatlik bilan xizmat qildi. Lekin bu muvaffaqiyatlarning asosi aynan kimlarga bog'liq ekanligini barcha biladi, bugungi kunda ham ularni etirof etadi, yaxshi xotiralar bilan tilga oladi. 

2007 yilda "Bunyodkor"ning katta futbolga kirib kelishi uzoq vaqt davom etib kelgan "Paxtakor"ning chempionatdagi gegemonligiga barham berdi. Tarkib borasida katta farq ko'zga tashlansada, Toshkent derbilari shiddati, harorati bilan yodda qoldi. OCHLda ikki bor yarim finalga qadar etib bordi, nafaqat Osiyo balki dunyoni o'ziga qaratdi deya olamiz. 2012 yildan buyon to hozirgacha hech qaysi klubimiz qita turnirida yarim finalda ishtirok etgani yo'q. 

Klubning asosiy yutuqlari

O'zbekiston chempion: 2008,2009,2010,2011,2013

O'zbekiston chempionat kumush medali: 2007,2012,2016

O'zbekiston chempionati bronza medali: 2019

O'zbekiston Kubogi sohibi: 2008,2010.2012,2013

O'zbekiston Superkubogi egasi: 2014

OCHL yarim finalchisi: 2008, 2012



Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика