So’nggi yangiliklar

21:57Суперлига. Олмалиқда дарвозаларга 4 та гол урилган ўйинда ғолиб аниқланмади  81 21:17Гвардиола Чемпионлар Лигаси учун кураш ҳақида: "Бизга яна 4 очко керак"  7 20:50"Аякс" Эрик тен Ҳагни қайтаришни режалаштирмоқда  1 19:39Роналдо: "Анчелотти – ажойиб мураббий. У барчасини изига солади"  8 19:14"Олтин тўп-2025" тақдирлаш маросимининг санаси ва жойи эълон қилинди  40 18:21Лапорта "Барселона" қачон асосий стадионига қайтишини тушунтирди  4 17:53"Манчестер Юнайтед" Родриго учун таклиф тайёрламоқда  6 17:25Эмилиано Мартинеснинг хизматлари "Барселона" ва МЮга таклиф қилинди  13 16:57BBC канали Исроилнинг Ғазо секторидаги ҳаракатларини танқид қилган Линекерни ишдан бўшатмоқчи  19 16:30Чемпионликни бой берган "Аякс" бош мураббийи истеъфога чиқди  3 16:03"Манчестер Сити" Украина терма жамоаси ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  1 15:34Роналду яқин орада фаолиятини тугатиш ниятида эмас  7 15:08Артета: "Арсенал" сўнгги уй ўйинида АПЛни ютишини орзу қилгандим"  4 14:45Breaking! "Манчестер Юнайтед" Матеус Кунья билан шартнома имзолашга яқин!  4 14:27"Лочинлар" "қалдирғочлар"нинг "қанотини қайирган" ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  3

Qishki tanaffusda "Paxtakor" qay darajada o'zgardi: yangi texnik homiyga ega bo'ldi, nuqtalar kuchaytirildi, Ortiqxo'jaev klubda qoldi Yangiliklar

Qishki tanaffusda "Paxtakor" qay darajada o'zgardi: yangi texnik homiyga ega bo'ldi, nuqtalar kuchaytirildi, Ortiqxo'jaev klubda qoldi

Championat.Asia Superliga klublariga bag'ishlangan materiallar ciklni davom ettirmoqda.

Avvalroq “Nasaf” qishki tanaffusda qanday o'zgarishlarga uchragani haqida so'zlab bergandik. Bugun O'zbekistonning amaldagi chempioni - "Paxtakor" haqida hikoya qilamiz.

Tarkib, transferlar va jarohatlar

"SHerlar" o'tgan yilgi tarkibni saqlab qolishni uddaladi. Jamoani bor-yo'g'i uch nafar futbolchi: Iliya Martinovich, Aleksandr Nasonov va Ikrom Aliboev tark etishdi. CHernogoriyalik himoyachi 2022 yilning yozida “Paxtakor”ga kelgandi va Maksim SHackixni jamoaga kerakli ekanligiga ishontira olmadi. Martinovich o'tgan mavsumning qolgan qismini zaxira o'rindig'ida o'tkazdi. Nasonov ham ishonarli harakat qila olmay, vataniga qaytdi. Aliboevga kelsak, u 2019-2022 yillardagi singari Janubiy Koreyaga jo'nab ketdi.

Aslida yuqorida nomi tilga olingan futbolchilarning hech birini katta yo'qotish deb bo'lmaydi. CHunki ularning o'rniga sifatli o'yinchilar olib kelindi: Nasonov o'ynagan himoyaning o'ng qanotiga "Nasaf"dan Dilshod Saitov taklif etildi; Martinovich ketganidan so'ng himoya markazini o'tgan yili “Olimpik” etakchilaridan biriga aylangan Muhammadqodir Hamraliev kuchaytirishi kutilmoqda; maydon markazidagi Aliboev o'rniga esa AGMKda o'zini yaxshi tomonlama ko'rsata olgan Giorgi Papava olib kelindi.

Kuchaytirilishi lozim bo'lgan muhim poziciya qanot hujumchisi edi. Maksim SHackixga ajoyib vinger lozim edi va Sardor Rashidov tanlovi maqul ko'rildi. Rashidov “Umm Salal”da bor-yo'g'i olti oy o'ynadi va sobiq klubiga qaytdi. Bu vaqt ichida Rashidov Qatar klubi safida to'qqizta uchrashuvida ishtirok etib, bitta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Po'latxo'ja Xoldorxonovning “sherlar” lageriga qaytganini ham alohida takidlash joiz – u “Olimpik” tarkibida yaxshi mavsum o'tkazdi, qolaversa, O'zbekiston U-20 termasi safida sermahsul o'yin namoyish etdi.

Rahbariyat va murabbiylar tarkibidagi o'zgarishlar

Jahongir Ortiqxo'jaev Toshkent hokimligidan ketganiga qaramay, hamon “Paxtakor” boshqaruvida qolmoqda. SHu tariqa, klub boshqaruvida hech qanday o'zgarish bo'lmadi.

Qishki yig'in natijalari

“Paxtakor” yangi mavsumga Antaliyada hozirlik ko'rdi va u erda sakkizta o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi. 20 fevral kuni jamoa Toshkentda Samarqandning “Dinamo” jamoasiga qarshi maydonga tushdi, yaqinlashib kelayotgan shanba oqshomida esa (25 fevral) Markaziy Osiyo derbisi bo'lib o'tadi – “Qayrat” “sherlar” mehmoni bo'ladi.

• "Dnepr-1" (Ukraina) - 0:3 hisobidagi mag'lubiyat;

• "Vaduc" (Lixtenshteyn) – 1:2 hisobidagi mag'lubiyat;

• "Mladost GAT" (Serbiya) - 1:0 hisobidagi g'alaba;

• “Samgurali” (Gruziya) – 1:0 hisobidagi g'alaba;

• “Aksu” (Qozog'iston) – 5:2 hisobidagi g'alaba;

• "SHkupi" (SHimoliy Makedoniya) – 4:1 hisobidagi g'alaba;

• "Dinamo" (Batumi, Gruziya) - 0:2 hisobidagi mag'lubiyat;

• “Dinamo” (Kiev, Ukraina) – 1:0 hisobidagi g'alaba;

• “Dinamo” (Samarqand) – 1:1 hisobidagi durang.

Yig'in avvalida Maksim SHackix shogirdlari munosib natija ko'rsata olmadi. Sababi oddiy: futbolchilar juda ko'p mehnat qilishdi, kelgusi mavsum uchun jismoniy tayyorgarlikka poydevor qo'yildi. Yig'in yakuniga qadar “Paxtakor” g'alabali yurish amalga oshirdi. Qayd etish joiz, Batumining “Dinamo”siga qarshi o'yinda “sherlar” tarkibida faqat yoshlar jamlangandi.

Foydali malumot

Qishki tanaffus vaqtida “Paxtakor” texnik homiysini o'zgartirdi: endilikda “sherlar” “Adidas” o'rniga “Puma” liboslarida harakat qiladi. Yig'inlarda jamoa mashg'ulot uchun mo'ljallangan liboslarda o'yinlarni o'tkazdi, 2023 yilgi mavsum uchun taqdim etiladigan taqdimot tez orada bo'lib o'tishi kerak. Mish-mishlarga ko'ra, liboslardan biri rang-barang ko'rinishda bo'ladi.

Superliga klublarining Antaliyadagi yig'inida bo'lgan Championat.Asia sayti xodimlari takidlaganidek, "Paxtakor" yangi tizim asosida mashg'ulot o'tkazdi. Aniqrog'i, tizim eski, ammo ancha unutilgan: gap bir vaqtlar Maksim SHackix to'p tepgan Kievning "Dinamo"sida ish boshlagan Valeriy Lobanovskiy tizimi bo'yicha olib borilgan mashg'ulotlar haqida ketmoqda. Uning mohiyati kelgusi mavsum uchun jismoniy tayyorgarlikni imkon qadar muhim darajaga olib chiqishga qaratilgan. SHu bois, mashg'ulotlar juda og'ir kechdi - muxbirlarimizning so'zlashicha, "Paxtakor" futbolchilari mashg'ulotlardan keyin zo'rg'a qadam bosishgan. Futbolchilar o'rtoqlik o'yinlari kunlarida ham to'liq kuch bilan mashg'ulot o'tkazishgan, bunday holat odatda kamdan-kam uchraydi.

SHuningdek, “Championat.Asia” xodimlaridan biri “Paxtakor”ning mavsum boshlanishi oldidan nega kuchayib borayotganini tushuntirib berdi. Uning so'zlariga ko'ra, Maksim SHackix ko'proq yoshlarga tayanishga tayyor, shu sababli, Hamraliev va Xoldorxonovlar klubga qaytarilgan. Sardor Rashidovning “Paxtakor”ga qaytishi esa uchinchi bor yuz berdi: 2021 yil u Qatardan, 2022 yilda “Al Quvayt”dan, so'nggi mavsum esa “Umm Salal”dan qaytish qilgan.


Nikolay Egorichev

Oqil Abdubarnoev tarjimasi 

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика