So’nggi yangiliklar

01:18Муҳаммад Ҳакимов: "Тикланиб олишимиз керак"  0 00:18Сайфиддин Содиқов: "Бош мураббийимизнинг кўрсатмаларини тўлиқ бажара олмадик"  2 23:30U-17 ЖЧ. Ўзбекистон – Панама 6:1   2 23:12Расман: Ўзбекистон 1/16 финалда Хорватия билан ўйнайди  13 22:29Абубакир Шукуруллаев: "Энг муҳим ўйинимиз эди"  5 21:52Иброҳим Шокиров: "Барча дарвозабонлар пенальтига олиб келадиган хато қилаётганини кўрганман"  7 21:25Абдулмалик Анваров бошидан жароҳат олди  9 20:32U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади  167 20:11Ўзбекистон футзал терма жамоаси Ислом бирдамлиги ўйинларида 3-ўринни қўлга киритди  7 19:52Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди  53 19:34"Ливерпуль" "Брайтон" етакчисига даъвогар  4 19:09Роналду ЖЧ-2026 унинг учун сўнггиси бўлишини эълон қилди  8 18:39"Манчестер Юнайтед" Шешконинг жароҳати жиддийлигидан хавотирда  1 18:12U-17 Жаҳон чемпионати. Гуруҳдан чиқсак, ким билан ўйнаймиз?  29 17:44Кьеза Италия терма жамоасига чақирувдан бош тортдими?  3

Qishda Turkiyaga bormagan "Lokomotiv" yig'in pullarini qaerga yo'naltirayotgani malum bo'ldi Yangiliklar

Qishda Turkiyaga bormagan "Lokomotiv" yig'in pullarini qaerga yo'naltirayotgani malum bo'ldi

So'nggi yillar davomida "Lokomotiv" futbol klubi doimiy ravishda mavsumoldi tayyorgarlik yig'inlarini Turkiya yoki BAAda olib borardi.

Biroq ushbu mavsum startida jamoa yig'inlarni to'liqligicha jamoa qarorgohida olib bordi va bu haqda oldinroq malum qilganimizdek, jamoa futbolchilari xorijda yig'in o'tkazmaydi.

Ko'rib turganimizdek, "Lokomotiv" oxirgi 2-3 yil davomida tarkibini yoshartirish ishlarini olib bordi, ammo har yilgi mavsumoldi matbuot anjumanlarida klub rasmiylari jamoaning oldiga qo'yilgan vazifa va maqsadlar o'zgarmaganligini malum qilishadi. 

Futbol jamiyatiga ayonki, yosh futbolchini o'stirish, klubning darajasida shakllantirib, uni bosqichma-bosqich rivojlantirishda futbol maktablarining ahamiyati juda katta. O'z navbatida klubni moliyalashtirayotgan "O'zbekiston temir yo'llari" akciyadorlik jamiyati ham klubning futbol maktabini barpo etishda ko'maklashmoqda. Olgan malumotlarimizga qaraganda, "Lokomotiv" bugun futbol maktabi bunyod etishni boshlab yuborgan va bu 2022 yil oxiriga qadar foydalanishga topshirilishi kutilmoqda.

Bizga malum bo'lishicha, Yashnobod tumanida "Lokomotiv" futbol klubiga tegishli 2 gektar erga klub hamda "O'zbekiston temir yo'llari" AJ hamkorlikda bitta standart stadion hamda ikkita kichkina suniy maydon qurishni rejalashtirgan va qurilish ishlari boshlab yuborilgan. Biroq bu hali hammasi emas...

Bundan tashqari, "Lokomotiv" futbol klubiga Toshkent viloyatining Nazarbek shaharchasidan 8 gektar er ajratilgan bo'lib, klub u erga to'rtta standart maydon hamda yosh futbolchilarning yashashi uchun mehmonxona qurilishi reja qilmoqda. SHu orqali "Lokomotiv" klubi futbol maktabidagi barcha guruhlarni bir joyga jamlab, ularni kuzatish imkoniyatiga ega bo'ladi. Qayd etish kerak, "Lokomotiv"da hozirgi paytda ham futbol maktabi faoliyat olib bormoqda. Unda 10ga yaqin yosh toifalarida 800dan ziyod yosh futbolchilar futbol sir-asrorlarini o'rganishmoqda. Doimiy ravishda mamlakat chempionatlarida, xalqaro turnirlarda ishtirok etishmoqda. Ammo guruhlarning barchasi har xil joylarda mashg'ulotlar olib borishadi.

Qisqa qilib aytadigan bo'lsak, "Lokomotiv" futbol klubi qishda Turkiya yoki BAAga borgandan ko'ra, yosh futbolchilar uchun futbol maktabi qurishni maqul topdi.

Reyting: +67   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика