"Qayrat" o'zbekistonlik olimpiyachilarni o'z safiga qo'shib olmoqchi
02 may 20:16
Yangiliklar
"Qayrat" o'zbekistonlik olimpiyachilarni o'z safiga qo'shib olmoqchi
O'zbekiston olimpiya terma jamoasining U-23 Osiyo kubogidagi muvaffaqiyatli ishtirokidan so'ng Olmaotaning “Qayrat” klubi rahbarlari ushbu mamlakatdan yangi futbolchilarni xarid qilish niyatida.
Futbol bo'yicha O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Osiyo kubogi finaliga qadar etib borib, Parij Olimpiadasiga yo'llanmani qo'lga kiritdi. Markaziy Osiyo davlatlaridan hech biri Olimpiadada qatnashmagan. SHu bilan birga, “Qayrat” skautlari etiborini bir qancha o'zbek futbolchilariga qaratmoqda. Ularning ismlari oshkor etilmagan.
Hozirda “Qayrat” safida o'zbekistonlik himoyachi Ibrohimxalil Yo'ldoshev to'p tepmoqda. Olmaota klubi yozda uning termadagi jamoadoshlari bilan muzokara olib borishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, shu hafta “Qayrat” bosh murabbiy Kirill Kekerni istefoga chiqargan edi. Uning o'rniga Rafael O'razbaxtin vaqtinchalik faoliyat yuritmoqda.
Fikrlar