So’nggi yangiliklar

12:22Палмер Бруну Фернандешга эҳтимолий ўринбосар сифатида кўрилмоқда  0 11:55Рейндерс кўприк тагида ташлаб кетилган чақалоқни боқиб олди  3 11:23Ўзбекистонлик ҳакамлар Осиё Кубогининг навбатдаги ўйинида ишлайди  0 10:43Грузия МТЖ собиқ футболчиси "Бухоро" билан шартнома имзолади  2 10:14"Манчестер Юнайтед" клубнинг антирекордини такрорлади  3 09:52"Челси" собиқ футболчиси ҳаёт билан видолашиш арафасида эканини маълум қилди  3 09:25Расман. "Бухоро" деярли 2 метрлик легионер футболчи билан шартнома имзолади  4 08:58"Эл класико"да "Барселона"га мағлуб бўлган Алонсо ўйиндан сўнг нималар деди?  14 08:31"Хоразм"нинг ўтган мавсум тўпурари фаолиятини легионер сифатида давом эттиради  2 08:04Флик ғалабадан сўнг нималар деди?  11 08:00Эл класико. "Барселона" - "Реал Мадрид" 3:2  1 07:40"Реал Мадрид" собиқ футболчиси "Локомотив" билан музокара олиб борди  3 07:14Финалнинг энг яхши футболчиси ким бўлди?  3 02:50А Серия. "Милан" "Фиорентина" билан, "Интер" "Наполи" билан дуранг ўйнади, "Лацио" эса меҳмонда "Верона"дан устун келди  3 02:05"Барселона" Испания Суперкубоги финалида "Реал"ни мағлуб этиб, бош совринни қўлга киритди  245

"Qayrat" bosh murabbiyi nima uchun Jasur Jaloliddinov ikkinchi taym boshida almashtirilganiga izoh berdi Yangiliklar

"Qayrat" bosh murabbiyi nima uchun Jasur Jaloliddinov ikkinchi taym boshida almashtirilganiga izoh berdi

Bugun Qozog'iston chempionatining 3-turidan o'rin olgan "Qayrat" - "Taraz" bahsi bo'lib o'tdi.

1:1 hisobida yakun topgan bellashuvda hamyurtimiz Jasur Jaloliddinov 45 daqiqa harakat qilib, ikkinchi taym boshida almashtirildi. O'yindan keyingi matbuot anjumanida mezbonlar bosh murabbiyi Qurbon Berdiev shunday dedi:

- Kutganimdek og'ir o'yin bo'ldi. Bazi futbolchilarimiz jarohat olishdi. Aliqulov o'z poziciyasida o'ynamadi. Yoshlar esa umuman olganda yomon o'yin ko'rsatmadi. Agar Banyak safimizda bo'lganida biz boshqacha sxemada - yani to'rt nafar himoyachi bilan harakat qilgan bo'lardik. 


- Jasur Jaloliddinovning o'yinini qanday baholaysiz va nima uchun almashtirildi?

- Aytishim mumkinki, undagi bosim va hayajon sezilib turdi. Jasurda salohiyat juda yuqori, lekin bugun o'z imkoniyatlarini 50 foiz ham ko'rsata olmadi. Bazan "yo'qolib" qoldi, lekin yanada kuchli o'yin namoyish eta olishiga ishonaman. 

Malumot uchun: Jasur Jaloliddinov avvalgi ikki turda qaydnomaga kiritilgan, biroq maydonga tushmagandi. 3-turga kelib u Qozog'iston chempionatidagi debyutini nishonladi. Kuyingi bahslarda mohir yarim himoyachimizdan yanada yorqin harakatlar kutib qolamiz. 

P.S. "Qayrat" 3ta turdan so'ng 7 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика