So’nggi yangiliklar

02:37Саудия Арабистони. "Ал Иттиҳод"дан йирик ғалаба, Бенземадан хет-трик!  0 02:30Бундеслига. Франкфуртда "отишма": "Айнтрахт" - "Боруссия" Д учрашувида 6 та гол урилди  0 02:02Африка Миллатлар кубоги. Марокаш ярим финалда!  0 01:25"Ювентус" "Манчестер Сити" футболчисини текинга қўлга киритмоқчи  0 00:47Испания Суперкубоги финалини ким бошқаради?  1 00:20Майкл Оуэн: "Муҳим ўйинларда Гёкерешга маҳорат етишмаяпти"  2 23:55А Сериянинг декабрь ойидаги энг яхши мураббийи маълум қилинди  0 23:23Сульшер МЮга қайтса, қанча маош олади?  0 23:05Африка Миллатлар кубогидаги илк ярим финалчи маълум!  1 22:52"Истанбул Башакшеҳир" ўртоқлик ўйинида дуранг қайд этди, Аббосбек Файзуллаевдан гол  7 22:32Лиам Росеньор: "Босим - бу афзаллик"  0 22:01Жиянов қўшилди, Юсупов ва Ўринбоев йўқ. "Навбаҳор"нинг бугунги машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  2 21:46"Динамо" "Ғазалкент"ни мағлуб этган назорат учрашувидан ГАЛЕРЕЯ  2 21:20Расман: Торнике Дзебниаури - "Сурхон" футболчиси  7 20:53Расман: "Хоразм" "Сурхон" футболчисини ижарага олди  4

Qanday qilib?! Argentinaning 90+16-daqiqa urgan goli ikki soat o'tib bekor qilindi. Marokash g'alaba qozondi! Yangiliklar

Qanday qilib?! Argentinaning 90+16-daqiqa urgan goli ikki soat o'tib bekor qilindi. Marokash g'alaba qozondi!

Olimpiya o'yinlarining futbol musobaqasida g'aroyib holat yuz berdi.

Parijda o'tkazilayotgan Olimpiya o'yinlari futbol musobaqasi birinchi turida Argentina va Marokash termalari o'rtasidagi o'yinda g'aroyib ishlar yuz berdi. Avvalroq, Argentina 90+16 daqiqadagi goli evaziga mag'lubiyatdan qutilib qolgani haqida xabar bergandik. Yakunda esa Argentina mag'lub bo'ldi. Qanday qilib?

Gap shundaki, Argentina 90+16 daqiqadagi golini urgandan so'ng, hakam bu golni tekshirish uchun VARga murojaat qilishi kerak edi. Biroq, goldan keyin marokashlik bir necha muxlislar maydonga tushib ketishadi va tartibsizlik keltirib chiqarishadi. Buni ko'rgan hakam esa jamoalarni maydondan olib chiqib ketishga qaror qiladi. O'yin esa shu joyida to'xtatiladi. Barcha muxlislardan stadionni tark etish so'raladi. 

Uchrashuv to'xtatilganidan ikki soat o'tib, hakam jamoalarni maydonga qaytaradi va VAR orqali golni tekshirib, o'sha zaxotiyoq golni bekor qiladi. Jamoalar maydonda uch daqiqa o'ynaganlaridan so'ng hakam final hushtagini chaladi. Yakunda esa Marokash g'alaba qozondi.

Yakuniy hisob – 1:2

Argentina U-23 – Marokash U-23 1:2 

Gollar: 0:1 – 45+2 Rahimi, 0:2 – 51, penalti Rahimi, 1:2 – 68 Simeone

Argentina U-23 – Ruli, Garsiya (Echeverri, 84), Otamendi, Di CHezare, Soler (Amione, 69), Almada, Senon (Simeone, 54), Medina, Esse (Fernandes, 69), Alvares, Beltran (Gondou, 69).

Marokash U-23 – Moxamedi, Xakimi, El-Azzuzi (Nakach, 80), Boukamir, El-Uaxdi, Ben-Segir (Keshta, 80), Targallin, El-Xannus (Bushuari, 90), Richardson, Axomash (Ezzalzuli, 59), Raimi.

Ogohlantirishlar: Axomash (39), El-Xannus (45+3), El-Uaxdi (61), Rahimi (70), Targallin (87), Fernandes (88), Moxamedi (89), Di CHezare (90+9).


Marokash bo'sh stadionda g'alabani nishonlamoqda:


Argentina urgan golda ofsayd bo'lgan:

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика