So’nggi yangiliklar

08:56Слот кечаги ғалабдан сўнг нималар деди?  3 08:28Превью. "Навбаҳор" биринчи даврадаги мағлубият учун "Нефтчи"дан реванч оладими?  5 07:57Суперлига. Бугун бизни ажойиб ўйинлар кутиб турибди  2 07:30Расман. "Ал Насср" яна бир юлдузни ўз сафига қўшиб олди  4 07:05Суперлига. "Пахтакор" "Сўғдиёна" жамоасини ишончли ҳисобда мағлуб этди, Алижонов эса шедевр гол урди  0 02:50Иброҳим Ибрагимов: "Сўғдиёна"нинг нозик томонларини ўрганиб чиққандик"  3 02:15Францияда ҳам чемпионат старт олди  0 01:57АПЛ старт олди: "Ливерпуль" мавсумни қийин ғалаба билан бошлади  31 01:33Башар Ресан: "Бу ғалабали йўлни "Андижон"га қарши ўйинда ҳам давом эттирмоқчимиз"  4 01:20"Манчестер Сити" ҳимоячиси "Ноттингем"га ўтиши мумкин  0 01:00"Ал Ҳилол" қачон Қаршига келади? "Насаф"нинг Элит ОЧЛдаги тақвими маълум  7 00:49Уго Экитике - АПЛнинг 2025/26 йилги мавсуми илк голи муаллифи!  1 00:32"Байер" Эрик тен Хаг қўл остидаги илк расмий ўйинида йирик ғалаба қайд этди  2 00:06ЛаЛига қайтди! Илк ўйинда Мадрид жамоаси Каталонияда ғалабага эришди  2 23:57Жованни Леони дунёнинг энг яхши ҳимоячиси кимлигини айтди  1

Qahramon Baxodirov: “Grand jamoalariga qarshi bahs olib borganda ruhan tayyor bo'lish kerak” Yangiliklar

Qahramon Baxodirov: “Grand jamoalariga qarshi bahs olib borganda ruhan tayyor bo'lish kerak”

“So'g'diyona” jamoasi oliy liganing 16-turida o'z maydonida “Bunyodkor”ni qabul qiladi.

Ushbu bahs oldidan asli jizzaxlik  va yoshlikdan “So'g'diyona” jamoasi tarbiyalanuvchisi hisoblangan,har bir o'yinda jonini berib,jamoasharafini himoya qilayotgan Qaxramon Baxodirov bilan suhbat qilishga qaror qildik.

- Davralar oralig'ida tayyorgarlik haqida aytib o'tsangiz.
-Davralar oralig'ida  jamoa yaxshi jismoniy tayyorgarlikka ega bo'lishdi. Mashg'ulotlarni Zomin tog' yon bag'irlarida boshlagan bo'lsak,keyinchalik Toshkentda davom etdi va u erda biz bir nechta nazorat uchrashuvlarini ham o'tkazdik. Tayyorgarlik haqida ijobiy fikr bildiraman.

- Jamoa tarkibidagi o'zgarishlar haqida nima deya olasiz? Kelganlar va ketganlar borasida fikrlaringiz.
- Jamoadan ketganlar juda yaxshi futbolchilar va juda yaxshi do'stlarim. Futbol shunaqa kimdir keladi, kimdir ketadi. Yangi kelgan futbolchilar ham jamoa bilan kirishib ketdi. Hozirgi kunda ahil bir oiladekmiz.
 
- Ikkinchi davraning ilk o'yinlarida jamoa  chemponatimizning grand jamoalariga qarshi bahs olib boradi.
-Haqiqatdan ham ikkinchi davrvning ilk o'yinlari ancha og'ir o'yinlar bo'lishi tabiiy. Biz o'z maydonimizda “Bunyodkor”, “Lokomotiv”ni qabul qilsak, safarda “Olmaliq”qa qarshi bahs olib boramiz. 19-turda esa “Nasaf”ni qabul qilamiz. Lider jamoalarga qarshi bahs olib boramiz. SHaxsan mani fikrim,bundan qo'rqish kerak emas. Faqatgina ularga munosib qarshilik ko'rsatib, g'alaba qozonib, shu o'rinda  tininmay mehnat qilib, muxlislarni xursand qilish maqsadimiz.


 
- “Bunyodkor”ga qarshi bahs oldidan fikrlaringiz.
-Kim maydonga tushishidan qatiy nazar jamoada ruhiy tayyorgarlik kuchli bo'lish kerak deb o'ylayman. Maydonga tushib g'alabaga erishish kerak. “Bunyodkor” jamoasini boshqarayotgan insonni judayam hurmat qilamiz. Bu inson vatanimiz dovrug'ini dunyoga tanitgan inson. Mirjalol Qosimovni judayam hurmat qilamiz. “Bunyodkor” jamoasiga hurmatni saqlagan holda, bizning maqsadimiz maydonga chiqib g'alaba qozonish.

- Siz asli Jizzaxliksiz. Jizzaxning bosh jamoasini sharafini himoya qilasiz. Maydonga tushayotgan paytingizda bu sizga qo'shimcha bosim keltirmaydimi?
-Har doim jizzaxlik muxlislar qarshisida maydonga tushganimda faqat g'alaba haqida o'ylayman. Bu menga qo'shimcha bosim keltirmaydi ammo mag'lubiyatga uchrashdan qo'rqaman.

- Intervyu uchun katta rahmat. Muxlislaringizga qanday tilaklaringiz bor?
-Muxlislarga tilagim, doimo jamoamiz o'yinlariga kelishsin bizni qo'llab-quvvatlashsin. Jamoaning oldingaqarab intilishiga sabachi bo'lishsin. Ularga  har doim sog'lik tilayman. Inson uchun topilmas boylik sog'lik tilayman.SHu o'rinda viloyatimiz futboliga o'z xissasini qo'shayotgan uning rivoji uchun mehnat qilayotgan klub rahbariyatiga ham minnatdorchiligimni izhor qilmoqchiman.

Dildora Xolboeva“So'g'diyona”matbuot kotibi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика