PSJ Ronaldu uchun "Real"ga 150 mln. evro to'lamoqchi
30 may 2018 15:55
Yangiliklar
PSJ Ronaldu uchun "Real"ga 150 mln. evro to'lamoqchi
Malumotlarga ko'ra, parijliklar "Qirollik klubi" rahbariyati bilan bog'lanishdi va futbolchi uchun 150 mln. evro to'lashga tayyor, biroq Ronalduning shartnomasidagi tovon puli 1 mlrd. evro.
PSJ futbolchining o'ziga har yili 45 mln. evro o'tkazib beradi. Bu transfer amalga oshsa, portugaliyalik forvard sayyoramizning eng ko'p maosh oluvchi futbolchisiga aylanadi. Bu mablag' Lionel Messining "Barselona"dagi 40-50 mln. evrolik maoshiga teng.
PSJ rahbariyati hujumda Mbappe-Neymar-Ronaldu triosini yaratmoqchi, ammo ushbu rejaga bazi narsalar halal berishi mumkin.
Birinchidan, Madrid klubi Ronalduni qo'yib yubormoqchi emas. Ikkinchidan, "Real"ning o'zi PSJdan Neymarni sotib olish niyatida va agar portugaliyalik Parij jamoasiga o'tadigan bo'lsa, "Qirollik klubi" braziliyalik forvar bilan shartnoma tuzishga intiladi.
Bundan tashqari, PSJning moliyaviy feyr-pleyga amal qilmagani tufayli UEFA sankciya qo'llashi mumkin.
Fikrlar