PSJ prezidenti: Hakam Realga yordam berdi
15 fev 2018 08:02
Yangiliklar
PSJ prezidenti: Hakam Realga yordam berdi
PSJ klubi prezidenti Nosir Al Xelayfi ECHL 1/8 finali doirasidagi Realga qarshi o'yindan so'ng bosh hakam Janluka Rokkini tanqid qildi.
«Natija adolatli emas. O'ylashimcha, ikkinchi taymda yaxshiroq o'ynadik, ammo xatolarga yo'l qo'ydik.
Mbappeda ofsayd qayd etishdi, ammo u yo'q edi. Hakamning xatolari qimmatga tushdi. Hakam «Real»ga yordam berdi.
Endi javob bahsi haqida o'ylash kerak. Biz o'z maydonimizda muxlislarimiz qarshisida o'ynaymiz, o'ylashimcha keyingi bosqichga chiqa olamiz. CHorak finalga chiqish uchun borimizni beramiz. «Real»ga qiyin bo'lishi aniq», – deydi Al-Xelayfi.
Fikrlar