So’nggi yangiliklar

PSJ Mbappening o'rnini Bundesligadagi forvard bilan to'ldirishi mumkin Yangiliklar

PSJ Mbappening o'rnini Bundesligadagi forvard bilan to'ldirishi mumkin

"SHtutgart"ning avstriyalik hujumchisi Sasha Kalayjich transfer bozorida katta talabga ega bo'lmoqda.

24 yoshli markaziy hujumchiga PSJ, "Bavariya", "Nyukasl" va "Benfika" qiziqish bildirmoqda. Kalayjichning o'zi klubini o'zgartirishga tayyor va rasmiy takliflarni kutmoqda.

Avstriyalikning klub bilan amaldagi shartnomasi kelasi mavsumning so'nggiga qadar mo'ljallangan. Uning transfer narxi 22 million evroga baholanmoqda.

U yakunlangan mavsum Bundesliga doirasida 6ta gol urishga erishdi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика