So’nggi yangiliklar

10:24Флик Мессини "Барселона"га қайтишига қарши  0 09:56"Реал"нинг асосий футболчиларидан бири терма жамоаси сафида жароҳат олди  0 09:28VI Ислом Бирдамлик ўйинларида бронза медалини қўлга киритган футзал терма жамоамиз тантанали тарзда кутиб олинди  0 08:59МЮ қишда ярим ҳимоячи сотиб олмоқчи. Жамоа иккита футболчидан бирини танлайди  0 08:31Месси яна бир мундиалда ғалаба қозониш ёки "Олтин тўп"ни қўлга киритиш ўртасида танлов қилди  4 08:03МЮ "бразилиялик Холанд"га қизиқиш билдирмоқда  0 07:37Аморим: "У мен учун ҳақиқий намуна"  0 00:58"Атлетико" Симеоненинг ўғли билан шартномани узайтиришга яқин турибди  0 00:16Родриго Лондон клубига ўтадими?  1 23:10"Манчестер Юнайтед" Кеннет Айхгорнга қизиқиш билдирмоқда  1 22:25"Ливерпуль" ва "Ювентус" "Бавария" форварди учун курашмоқда  3 21:38"Барселона" Кейн учун 64,5 млн евро товон пули тўлашга тайёр. "Бавария" форварди Левандовскийнинг ўрнига идеал номзод сифатида кўрилмоқда  11 20:58U-21 биринчилиги. "Пахтакор" - чемпион!  3 20:36Эндрик учун янги даъвогар пайдо бўлди  2 19:55Криштиану Роналду қизини 8 ёши билан табриклади: "Даданг сени жуда яхши кўради ????"  5

Pro ligaga ravona bo'lgan "Andijon"dan kimlar ketdi yoxud klub Yangi yilga qarzdorliksiz o'tdi Yangiliklar

Pro ligaga ravona bo'lgan "Andijon"dan kimlar ketdi yoxud klub Yangi yilga qarzdorliksiz o'tdi

Teglar :  Andijon
Eng o'ylantirayotgan vaziyatlardan biri ham yangi mavsumda jamoada qoladiganlar masalasidir...

Muhammadkarim Toirov, Farhod Sohibjonov, Islom Mamatkazin, Abdurahmon Komilov, Izatillo Abdulhaqov, Abduvohid G'ulomov bilan uzoq yillarga mo'ljallangan shartnomalar tuzilgan va jamoada qolishlari aniq. O'tgan yili tarkibda harakat qilganlarga to'xtalsak, Sardor Xursandovni bir yil ilgari futbol jamoatchiligi tanimasdi. O'yin amaliyotiga ega bo'lib, himoyadagi harakatlari sayqallasha boshlagach, darajasi ortdi. Mavsum yakuniga etishi bilanoq manzilni o'zgartirishini bildirdi, do'stona xayrlashildi. 

Azamat Isroilov bilan muzokara chog'ida kelisha olmadik. Boshqa variantlarni qidirib ko'rsin. Klub egasi Juratbek Quvvatov aytganidek,o'zida xohish bo'lmasa,hech kimni yalinib yoki majburlab olib qolish niyatida emasmiz. 

Jamoaga kelib qo'shilganlaridan buyon vaqtlarini zahira o'rindig'ida o'tkazgan Xurshid Ubaydullaev, Asilbek Amonov, Mirkomil Lokaev bilan shartnomani uzaytirishdan mantiq yo'q edi. 

Ikkinchi davrada darvozani ishonchli tarzda qo'riqlagan Eldor Adhamov masalasi ham shu kunlarda hal bo'ladi. Klub tomonidan qilinishi mumkin bo'lgan sharoitlar havola etildi. Darvozabon o'ylab ko'rish uchun fursat so'ragan. Qishki yig'inlar boshlangunga qadar kutiladi. 

SHuningdek, shartnoma muddati tamom bo'lgan Usmonali Ismonaliev va Baxtiyor Qosimov ham hozircha pauza ushlashgan. Nufuzli klublardan taklif tushsa, yo'llariga to'g'anoq bo'linmaydi. Oxirgi so'z o'zlariga havola etilgan. Hech birlari bilan qarzdorlik yo'q. Hisob-kitob ishlari to'laligicha yakuniga etkazildi. Yangi yilga qarzdorliksiz chiqildi. 

Endilikda yangi shartnomalar tuzilishida minimal muddat ikki yil qilib belgilanadi.  SHular hal bo'lgach, kerakli chiziqlarga munosib futbolchilar jalb qilinadi", - deb yozadi "Andijon" matbuot xizmati.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика