Pro liga. "Xorazm" Toshkentdagi yig'inni boshladi va Qozog'iston klubi bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi
08 fev 2022 20:26
Yangiliklar
Pro liga. "Xorazm" Toshkentdagi yig'inni boshladi va Qozog'iston klubi bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi
Pro liga ishtirokchisi "Xorazm" klubi yangi mavsumga tayyorgarlikni Toshkentda davom ettirmoqda.
Murabbiy Ruslan Ahmedov qo'l ostida shug'ullanayotgan urganchliklar safida SHerzod G'ulomjonov, Mirkomil Loqaev, Qadamboy Nurmetov va Jafar Karimov kabi yangi futbolchilar ko'rikda bo'lib turishibdi.
7 fevral kuni "Xorazm" Qozog'istonning "Ontustik akademiyasi" klubiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi va 3:2 hisobida g'alaba qozondi. Ikkala taymda ikki xil tarkib bilan o'ynagan Urganch klubi safida gollarni Abror Xusinov, Sardor Matmurotov va Qo'shnazar Qo'shnazarov urishdi.
"Xorazm" - "Ontustik akademiyasi" (Qozog'iston) 3:2
Gollar: Abror Xusinov, Sardor Matmurotov, Qo'shnazar Qo'shnazarov.





O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади
АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпул"ни йирик ҳисобда таслим этди, Ҳусанов эса...
Fikrlar