So’nggi yangiliklar

10:20Неймар яна жароҳат олди  2 09:53Романо Мессининг "Интер Майами"даги келажаги ҳақида фикр билдирди  1 09:25Футзал. Бугун терма жамоамиз Осиё кубоги саралашидаги юришини бошлайди  0 08:56Аморим: "Рим Папаси ҳам мени қароримни ўзгартиришга мажбур қила олмайди"  6 08:28Опта. EЧЛда чемпионлик учун асосий даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  8 08:00Легионерлар. Ўрунов жамоаси дуранг ўйнади. Мозговойнинг жамоаси эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  1 07:33Суперлига. Бугун Фарғонада тур ўйини бўлиб ўтади  9 06:40Суперлига. "Шўртан" – "Пахтакор" 0:0  2 01:50Рубен Аморим: "МЮдаги босим бошқа клублардагидан ҳам кўп"  6 01:07Саудия Арабистони. Марказий ўйинда "Ал Аҳли"дан суперкамбэк!  10 00:51Микель Артета "Манчестер Сити"га қарши ўйин ҳақида: "Арсенал" ўз даражасига баҳо бериши мумкин"  3 00:30Жером Боатенг фаолиятини якунлади  2 00:13"Реал"нинг учинчи аппеляцияси ҳам рад қилинди  6 23:57Миржалол Қосимов: "Туғилган кунимга энг яхши совға бўлди"  0 23:29ЕЧЛнинг 1-тур рамзий термаси эълон қилинди  9

Pro liga. "Oq-tepa" safarda yana mag'lubiyatga uchradi Yangiliklar

Pro liga. "Oq-tepa" safarda yana mag'lubiyatga uchradi

Pro liganing 12-turidan o'rin olgan "Dinamo" - "Oq-tepa" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Ushbu sahifada o'yinning matnli translyaciyasini kuzatib borish mumkin. 


Pro liga. 12-tur
17 oktyabr, shanba
DINAMO – OQ-TEPA 2:0

Gol: Oybek Nurmatov 19, SHarofiddin SHobirov 88.
Hakamlar:
Rustam CHoriev, Jalg'asbay Sarsenov, Damir Iskanderov
Nazoratchi: Rahmatullo Karataev
Komissar: Jamshid Imamov 

“Dinamo”: Erkin Jabborov, Behzod Ahmadjonov, Suhrob Nurulloev (SHarofiddin SHobirov, 46), Eldor Boymatov (Jahongir Ahmadov, 60), Damir Temirov, Andrey Sidorov (SHohruxbek Abdurahmonov, 66), Obid Jo'raboev, Muhammadqodir Xamraliev, SHahzodbek Hamidov, Farhod Namozov (Bobur Qosimov, 60), Oybek Nurmatov (Azamat Allaniyozov, 66)

“Oqtepa”: Ravshanbek Yagudin, Opex Samuel, Timur Hakimov, Diyor Jaloliddinov (Muydinjon Mamazulumov, 46), Jafar Ismoilov, Jamshid Yusupov, Samandar Ochilov, Dostonbek Bahromov, Yahyoxon Marufxo'jaev (Mardon Abdullaev, 66), Hamidxon Rustamxonov (Sunnatilla Mamadaliev, 22), Talgat Nigmatulin

Ogohlantirishlar: SHohruxbek Abdurahmonov, 71, Azamat Allaniyozov, 77 – Dostonbek Bahromov, 75


Dinamo

PRO liga. 12-tur

17/10/2020, 15:30

0
:
2
Tugadi

Oq-tepa

45'
90'
19'  
88'  



YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi. "Oq-tepa" safarda yana mag'lubiyatni tan olishga majbur bo'ldi. "Dinamo" esa o'z hisobiga muhim bo'lgan navbatdagi uch ochkoni yozdirib qo'ydi.

88. Goooollll. Zaxiradan maydonga tushgan "Dinamo" futbolchisi SHarofiddin SHobirov gol urib amalda o'yin taqdirini hal qilmoqda 2:0.

85. Uxxxx. Mezbon jamoa futbolchisi SHohruh Abdurahmonovning jarima maydoni ichiga yorib kirib yo'llagan zarbasi darvoza to'siniga tegdi.

81. Uchrashuvning so'nggi daqiqalari shiddatli tus olmoqda. "Oq-tepa" jamoasining jarimadan yo'llagan zarbasi noaniq chiqdi.

"Dinamo" "Oq-tepa" jarima maydonchasi ichida birin ketin havfli hujumlarni tashkil qilmoqda. SHobirov, Ahmadjonov Allaniyozov kombinaciyasidan so'ng  gol bo'lishi mumkin edi. Biroq, raqib darvozaboni bunga yo'l qo'ymadi.

62 .O'zgarish. Sergey Lushan bir yo'la uchta o'zgarishga qo'l urdi. Suhrob Nurulloev o'ringa SHarofutdin SHobirov, Eldor Boymatov o'rniga Jahongir Ahmadov, Farhod Namozov o'rniga Bobur Qosimov maydonga tushdi.

"Oq-tepa" jamoasi hisobdagi muvozanatni tiklash uchun qilayotgan harakatlari besamar ketmoqda. 

55. Zarbaaa. "Oq-tepa" jamoasi posboni Ravshan Yagudin mezbonlar futbolchisi Obid Jo'raboevning ajoyib zarbasini bartaraf etdi. Qaytgan to'pga "Dinamo" futbolchilari ulgurishmadi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Birinchi bo'lim yakunlandi!

 30. Xavfli vaziyat! SHahzodbek Hamidovning chap qanotdan etkazgan to'pini Sidorov bosh bilan darvoza tomon yo'lladi, noaniq.

27. Zarbaaa. Timur Hakimovning zarbasini "Dinamo" posboni Erkin Jabborov qiyinchilik bilan bartaraf etdi.

22. Mehmonlar tarkibida o'zgarish. Hamidxon Rustamxonov o'rniga tajribali futbolchi Sunnatilla Mamadaliev maydonga tushdi.

19. Goooollll. Oybek Nurmatov Suhrob Nurulloevning uzatmasini golga aylantirdi.

"Oq-tepa" o'z uslubida qisqa paslar orqali vaziyatlar yaratishga harakat qilmoqda.

5. Suhrob Nurulloevning jarima zarbasidan uzatgan to'pi samarasiz ketdi

1. Havli vaziyattt. Damir Temirov jarima maydoniga yorib kirib zarba yo'lladi, noaniq.

O'yin boshlandi!

- Uchrashuv soat 15:30da boshlanadi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика