So’nggi yangiliklar

21:55Марказлашган VAR тизими Ўзбекистонда илк бор масофадан туриб синовдан ўтказилди  3 21:39Ўзбекистон U-16 ўртоқлик ўйинида Черногорияни мағлуб қилди  1 21:23Сантьяго Канисарес ЕЧЛ фаворитларини санади  3 20:59Жозе Моуринью: "Бунгача мен ишлаган бирорта гигант клубдан бунчалик иштиёқ олмаганман"  3 20:25Суперлига. "Сурхон" ўз майдонида "Машъал"ни мағлуб эта олмади  5 20:08Расман: Жозе Моуринью - "Бенфика" бош мураббийи!  2 19:52"Манчестер Юнайтед"да Аморим ўрнига янги номзод маълум бўлди  5 19:28Тимур Кападзе Хитой терма жамоаси бош мураббийи бўлиши мумкин  50 19:05"Вест Хэм" Поттер ўрнига Лэмпардни тайинлаши мумкин. Ҳозирда мутахассис Чемпионшипнинг "Ковентри" клубида ишламоқда  0 18:41Слот Исакнинг ўйинига баҳо берди  2 18:18"Реал" "Ювентус"га Эндрикни ижарага олишни таклиф қилганди. Италия клуби рад этди  0 17:55Ўзбекистонлик ҳакамлар ЖЧ 4-саралаш босқичи ўйинида ишлайди  3 17:46ЖЧ-1998 саралаши. Миржалол Қосимов: "БААга пенальтидан гол ура олмаган ўйинимда майдонга тушишга лойиқ эмасдим, телевизорга қарашга уялганман"  8 17:34​Билич Ўзбекистонда эмас, собиқ жамоасида иш бошлаши мумкин  9 17:15Манба: Ўткир Юсуповнинг жароҳати кутилганидан жиддийроқ бўлиб чиқди  6

Pro liga. Bugun "Dinamo" - "Xorazm" uchrashuvi jonli namoyish etiladi Yangiliklar

Pro liga. Bugun "Dinamo" - "Xorazm" uchrashuvi jonli namoyish etiladi

Bugun Pro liga 3-turidan o'rin olgan “Dinamo” va “Xorazm” jamoalari o'rtasidagi o'yin bo'lib o'tadi.

Ushbu bellashuvda quyidagi rasmiy shaxslar faoliyat olib borishadi.

30 avgust, yakshanba
17:00 DINAMO – XORAZM ("Futbol TV" LIVE)
Hakamlar:
Akobirxo'ja SHukurullaev, Bektursin Kannazarov, Damir Iskanderov
Nazoratchi: Andrey Snetkov
Komissar: Jahongir Rahmatullaev.


O'zPFL hamda UzReport Pro liga uchrashuvlarini translyaciya qilish masalasida o'zaro kelishuvga erishganidan xabaringiz bor. 30 avgust sanasidan boshlab shu kelishuv asosida futbol uchrashuvlari test rejimida efirga olib chiqila boshlanadi.

Pandemiya sabab Pro liga uchrashuvlari 3-turdan keyin tanaffusga chiqishga majbur bo'lgandi. Bugun — 30 avgust kuni Samarqandda 3-turning qoldirilgan bitta uchrashuvi tashkil etiladi. Uning doirasida mezbon “Dinamo” futbolchilari “Xorazm” klubini qabul qiladi.

17:00 ga tayin qilingan uchrashuvni yoritish uchun Futbol-TV xodimlaridan iborat guruh yo'lga chiqqan. Asosan evrofutbol uchrashuvlarini xalqimizga namoyish etib kelayotgan telekanal, sekin-astalik bilan ichki chempionatga ham etibor qaratmoqda. Bu yo'lda telekanal yaqindagina yangi ko'chma televizion stanciya xarid qilgandi. Futbol bo'yicha uning ilk safari Samarqandga bo'ladi.

Futbol-TV stadionlardan ilk marta efirga chiqayotganidan kelib chiqib, ish test rejimida olib boriladi. Bunda mavjud kamchilik va boshqa texnik masalalar o'rganib boriladi. Bu sinovlar muvaffaqiyatli o'tsa, keyingi uchrashuvlarni qay tariqa efirga olib chiqish masalasida yakdil tasavvur paydo bo'ladi.

Umid qilamizki, futbol muxlislarimiz boshlanajak ishni kuzatib borishadi va undagi ayrim masalalarga bag'rikenglik bilan munosabatda bo'lishadi. Hozirgi sharoitda Pro liga uchrashuvlarining ham sekin-astalik bilan muntazam jonli efirlarga ega bo'lishi bizningcha katta yutuqdir.

Reyting: +27   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика