So’nggi yangiliklar

15:07"Ливерпуль" ҳимоячиси билан шартномани узайтиради  0 14:40"Арсенал" "Лейпциг" ҳужумчисини сотиб олиш режасидан воз кечмаган  0 14:14Хавига МЮда ишлаш варианти таклиф этилмоқда  5 13:49"Байер" ярим ҳимоячиси "Бавария"га ўтмоқчи  0 13:21Амир Ғаленои: "Биз дастлабки икки учрашувда гол ўтказиб юбормаган ягона жамоамиз. Эрон – дунёдаги энг яхши мамлакат"  11 12:55Германия дарвозабони терма жамоага чақирувдан бош тортди  0 12:25Клопп футболга қайтмоқда!  3 11:53Жалолиддин Машарипов: "Эроннинг кучсиз томонлари ҳақида эронлик журналистлар олдида гапиришим тўғри эмас"  5 11:42Владо Радманович: "Катанец билан ўйин давомида доимий алоқада бўламиз"  13 11:20Ўзбекистон Эронга қарши қандай либосда ўйнаши маълум  3 10:55"Ливерпуль" ёзда Салоҳнинг ўрнига бошқа бир мисрлик футболчи билан шартнома тузмоқчи  1 10:26"Манчестер Сити"нинг "устуни" ёзда жамоани тарк этади  0 09:52Ислом Маматказин: “Ўйинни ўзида ютиб кетишимизга ишонгандик. Қандайдир ўзгача руҳият бор эди”  10 09:20Франческо Тотти ўзининг идеал футболчисини йиғди  5 08:43"Бавария" Мусиалани жамоада олиб қолиш учун ойлигини беш бараварга оширишга тайёр  1

PRO-Liga, “B” guruhi. 8-turning eng tezkor goli va boshqalar haqida Yangiliklar

PRO-Liga, “B” guruhi. 8-turning eng tezkor goli va boshqalar haqida

Teglar :  PRO-liga8-tur
Payshanba kuni bo'lib o'tgan PRO-Liganing 8-tur yakunlari bo'yicha ayrim statistik malumotlarni etiboringizga havola etishda davom etamiz. Quyida gollar haqida so'z yuritiladi.

PRO-Liganing “B” guruhidagi 4ta o'yinida jami 20ta gol qayd etildi. Har bir uchrashuvga o'rtacha 5tadan gol demakdir.

Mezbon jamoalar 17ta to'p kiritgan bo'lsa, qolgan 3ta gol mehmonlar hisobiga yozildi.

Mehmonda gol urgan yagona jamoa – “Labsa” bo'ldi. Buxoroliklar Samarqandda “SHerdor”ga qarshi kechgan bahsda 3ta to'p kiritib, g'alabaga erishganini alohida takidlash lozim.  
Uchrashuvlarning birinchi bo'limida 9ta gol kuzatildi. Ikkinchi bo'limda esa sermahsullik nisbatan ortdi va yana 11ta gol kiritildi.

Ushbu turda eng ko'p gol urgan jamoa - “Zomin” bo'ldi. O'z maydonida “Xotira-79”ga qarshi kechgan bahsda raqib darvozasiga javobsiz naqd 8ta (!) to'p kiritishga muvaffaq bo'ldi. Aftidan uychiliklar Zominga nafaqat bosh murabbiysiz balki darvozabonsiz borgan ko'rinadi. Aytishlaricha “Xotira-79” bosh murabbiyi Naufal Boboev jamoasining safardagi o'yiniga bormagan. Bizningcha ushbu ko'rsatkich joriy mavsumda boshqa takrorlanmasa kerak. Yana kim biladi deysiz.

8-turda “Nurafshon”, “G'ijduvon” va “Zomin” jamoalari o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qolgan.

 Turning eng tezkor goli – 6-daqiqada kiritildi. “Zomin”ning iqtidorli hujumchisi SHoxjahon Abbosov “Xotira-79” darvozasiga tezkor to'p kiritib, uchrashuvda birinchi bo'lib hisobni ochishga erishdi. Etiborlisi uning jamoasi ushbu turda yirik hisobda g'alaba qozondi.

Aksincha turning eng so'nggi daqiqada kiritilgan goli – Dilshod Fayziev aktiviga yozildi. “Nurafshon” tarkibida zaxiradan maydonga tushgan futbolchi 7-daqiqa o'tar-o'tmas “Lokomotiv-BFK” darvozasiga jamoasining 5-golini kiritib, hisobni yirik ko'rinishga keltirdi.

Ushbu turda dubl qayd etgan futbolchilar soni 2tani tashkil etdi. “Nurafshon” hujumchisi Orifxo'ja Abduxoliqov, “Labsa” yarim himoyachisi Narimon Hasanov ushbu turda ikkitadan gol urib, jamoasining g'alabasiga hissa qo'shdi.

8-turga kelib joriy mavsumdagi ilk flesh qayd etildi. “Zomin”ning to'purar hujumchisi Doston Toshmatov “Xotira-79” darvozasini 5 marotaba (!) aniq nishonga oldi.  


8-turda kimlar gol urdi?
1. Orifxo'ja Abduxoliqov (2ta) – “Nurafshon”.
2. Elbek Ravshanov – “Nurafshon”.
3. Rixsixo'ja Ahmadxo'jaev – “Nurafshon”.
4. Dilshod Fayziev – “Nurafshon”.
5. SHoxjahon Abbosov – “Zomin”.
6. Doston Toshmatov (5ta) – “Zomin”.
7. Behruz Do'stmurodov – “Zomin”.
8. Eldor Karimov – “Zomin”.
9. Jamshid Hasanov – “G'ijduvon”.
10. Nuriddin Rahmatullaev  – “G'ijduvon”.
11. Bahrom Narzullaev  – “G'ijduvon”.
12. Sanjar Ahmedov  – “SHerdor”.
13. Narimon Hasanov (2ta) – “Labsa”.
14. Jasur Sayliev – “Labsa”.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика