So’nggi yangiliklar

10:59ПСЖ 150 миллион евролик трансфер бўйича иш бошлади  0 10:31Азар барча даврларнинг энг яхши ҳимоячиси ҳақидаги саволга жавоб берди  1 10:00ПСЖ 65 миллион евролик трансферни ҳал қилди  1 09:26Пролига. 11-турга старт берилади  1 08:56"Пахтакор-79" фожиасига 46 йил тўлди  2 08:51Sofascore. Муҳаммадали Ўринбоев Белгиядаги дебют ўйинида қандай баҳо олди?  2 08:15Яна бир ТОП футболчи "Ал Насср"га ўтишга розилик берди  1 07:38Суперлига. Бугун Фарғона ва Самарқандда дахшатли ўйинлар бор  18 07:05"Кристал Пэлас" "Ливерпул"ни мағлуб этиб, ўз тарихида илк марта Англия Суперкубогини қўлга киритди  0 06:50Суперлига. "Сўғдиёна" "Машъал" устидан ишончли ҳисобда ғалаба қозонди  0 03:00“Пахтакор-79” хотирасига бағишланган шеър  3 02:07Гампер кубоги. "Барселона" "Комо"ни тор-мор этди, Фермин ва Ямал дубль қайд этди  19 00:16Бельгия Про лигаси. "Антверпен" "Ауд-Хеверле Лёвен"ни мағлуб этди, Ўринбоев янги жамоасида дебют қилди  10 23:58Ўртоқлик ўйинлари. "Челси" "Милан"ни, "Юве" "Боруссия"ни мағлуб этди, "Ал Насср" эса Ла Лига дебютантига таслим бўлди  13 23:20Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" илк турда ўз уйида йирик мағлубиятга учради, Алиқулов захирадан майдонга тушди  0

PRO-Liga, “A” guruhi. 6-tur. Eng tezkor gol va boshqalar haqida Yangiliklar

PRO-Liga, “A” guruhi. 6-tur. Eng tezkor gol va boshqalar haqida

Poyoniga etgan PRO-Liganing 6-turi yakuni bo'yicha etiborga molik jihatlarga to'xtalib o'tamiz. Futbolda o'ziga yarasha joziba bag'ishlaydigan gollar etibor qaratamiz.

6-turda jami 13ta gol qayd etildi. SHundan 6tasini mezbon jamoalar kiritgan bo'lsa, qolgan 7ta to'p mehmonlar foydasiga yozildi.

Uchrashuvlarning birinchi taymida muxlislar 8ta golga guvoh bo'ldi. Ikkinchi bo'limda esa yana 5ta to'p kiritildi.

Turning eng tezkor goli 4-daqiqada sodir bo'ldi. “Xorazm”ning to'purar hujumchisi Qadamboy Nurmetov “Mashal”ga qarshi uchrashuvda birinchi bo'lib hisobni ochdi. Etiborlisi 22 yoshli hujumchi ushbu goli bilan to'purarlar ro'yxatida peshqadamlik qilmoqda.

Aksincha turning eng so'nggi goli 84-daqiqada kiritildi. “Surxon” azosi Sardor Eminov zaxiradan maydonga tushib, “Dinamo” darvozasiga g'alaba keltiruvchi golni urdi.

Qizig'i, ushbu turda jamoalar 2tadan ko'p gol ura olishmadi. SHuningdek hech bir jamoa o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qola olmadi. Bundan tashqari 3ta o'yinda bir xil hisob – 2:1 natijasi kuzatildi.
Hakamlar 4ta o'yinda jami 6ta (!) penalti belgiladi. Suhrob Nematov (“Surxon”), Otabek Narzullaev (“SHo'rtan”), Navro'z Haipov (“Orol”) 11 metrlik nuqtadan aniq foydalangan bo'lsa, SHahzod Ubaydullaev (“Mashal”), Mo'ydin Mamazulumov (“Dinamo”) va Eldor Boymatov (“Andijon”) penaltidan unumli foydalana olmadi.
 Ushbu turda dublga erishgan va avtogol mualliflari kuzatilmadi.

6-turda kimlar gol urdi?
1. Qadamboy Nurmetov – “Xorazm”.
2. Muhammadqodir Rahimberganov – “Xorazm”.
3. Sardor Abduraimov – “Mashal”.
4. SHoxjahon Qilichev – “Mashal”.
5. Otabek Narzullaev – “SHo'rtan”.
6. Bahodir Murtazoev – “Norin”.
7. Sanjar Baratov – “Norin”.
8. Navro'z Haipov – “Orol”.
9. Davron Isoqov – “Andijon”.
10. Sunnatillo Mamadaliev – “Andijon”.
11. Suhrob Nematov – “Surxon”.
12. Sardor Eminov – “Surxon”.
13. Hakimxon Alamxonov – “Dinamo”.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика