Pro liga. 3-tur statistikasi
26 mar 2022 12:54
Yangiliklar
Quyida yakuniga etgan o'yinlarning etiborga molik jihatlariga to'xtalib o'tamiz.
O'YINLAR
- Turning 5ta uchrashuvi to'liq o'tkazildi.
- To'rtta o'yinda mezbonlarning qo'li baland kelgan.
- Faqatgina bitta uchrashuvda mehmon jamoa muvaffaqiyat qozongan.
- 3-turda birorta bellashuv durang bilan yakunlanmadi.
- Turning markaziy uchrashuvida “Buxoro” va “Turon” bellashdi va Hakim Fuzaylov shogirdlari 2:1 hisobida g'alaba qozondi.
“Zomin” – “SHo'rtan” – 2:1
“Buxoro” - “Turon” – 2:1
“Aral Samali” – “G'ijduvon” – 2:1
“Yangier-quruvchi” – “Mashal” – 0:1
“Xorazm” – “Andijon” – 3:0
GOLLAR
- 2-turning 5ta o'yinida jami 13ta gol qayd etildi. Bu o'tgan turga nisbatan 6ta ko'p deganidir. 2-turda darvozalarga 7ta to'p kiritilgandi.
- Har bir uchrashuvga o'rtacha, 2,6 tadan gol demakdir.
- Mezbon jamoalar kiritgan gollar soni 9ta.
- Mehmonlar hisobidagi gollari soni 4ta.
- O'yinlarning birinchi bo'limida kiritilgan gollar soni 7ta.
- Qolgan 6ta to'p esa ikkinchi taymda kiritilgan.
- Turning eng tezkor kiritilgan goli 1-daqiqaga to'g'ri keladi. “Buxoro” futbolchisi Sobit Sindarov “Turon” darvozasini ishg'ol qildi.
- Aksincha eng so'nggi daqiqada kiritilgan gol “Xorazm” – “Andijon” o'yinida qayd etildi. 90+3-daqiqada mezbonlar azosi Sarvar Jumaniyozov mehmonlar darvozasiga to'p yo'lladi.
- 3ta penalti! O'tkazilgan 5ta o'yinda 3ta penalti belgilandi. Bundan “Zomin”, “SHo'rtan” va “Turon” futbolchilari unumli foydalandi.
- 3-turda 2ta jamoa o'z darvozasi daxlsizligi saqlab qoldi. Bular “Mashal” va “Xorazm”
OGOHLANTIRISH VA CHETLATISH
- Ushbu turning 5ta o'yinida jami 18ta sariq kartochka qayd etilgan.
- Bu har bir uchrashuvga o'rtacha 3,6tadan ogohlantirish demakdir.
- Mezbon jamoalardan 7 nafar futbolchi sariq kartochka bilan siylangan.
- Qolgan 11ta ogohlantirish esa mehmon jamoa o'yinchilariga yozilgan.
- Uchrashuvlarning birinchi bo'limida 8ta o'yinchi ogohlantirilgan bo'lsa, ikkinchi taymga borib bu borada ko'rsatkich biroz ortgan. Yani 10 nafar futbolchi sariq kartochka bilan jazolangan.
- Qo'polliklarga boy tarzda kechgan o'yin deb – “Zomin” – “SHo'rtan” uchrashuvini aytish lozim. Bosh hakam mezbonlardan ikki nafar o'yinchiga mehmonlardan esa besh nafar futbolchiga sariq kartochka ko'rsatgan.
- Turning eng intizomsiz jamoasi sifatida “SHo'rtan”ni ko'rsatish mumkin. G'uzorliklarning 5 nafar futbolchisi sariq kartochka oldi.
- “Turon”, “Aral Samali” va “Andijon” jamoalari futbolchilari 3-tur uchrashuvlarida birorta sariq kartochka olmagan holda boshqalarga namuna bo'la oldi.
- 3-turda ham birorta futbolchiga qizil kartochka ko'rsatilgani yo'q.
MUXLISLAR
- 3-turning 5ta o'yiniga jami 3361 nafar tomoshabin tashrif buyurgan. Bu avvalgi ikki turga qaraganda ancha kam.
- Har bir uchrashuvga o'rtacha 672,2ta muxlis demakdir.
- “Xorazm” bu borada peshqadamlik qildi. “Andijon”ga qarshi kechgan o'yinga jami 987 nafar ishqiboz qadam ranjida qilgan.
* Aksincha eng past ko'rsatkich "Buxoro" - "Turon" uchrashuvida qayd etildi. Atigi 231 nafar muxlis tashrif buyurgan.
Tomoshabinlar tashrifi kimda qanday?
“Zomin” – “SHo'rtan” – 2:1. 670 tomoshabin.
“Buxoro” – “Turon” – 2:1. 231 tomoshabin.
“Aral Samali” – “G'ijduvon” – 2:1. 487 tomoshabin.
“Yangier-quruvchi” – “Mashal” – 0:1. 986 tomoshabin.
“Xorazm” – “Andijon” – 2:1. 987 tomoshabin.
OSTONAMIZDAGI UCHRASHUVLAR
13-tur. 26 mart (shanba)
“Mashal” – “Xorazm”
“Turon” – “G'ijduvon”
27 mart (yakshanba)
“Andijon” – “Aral Samali”
“SHo'rtan” - “Yangier-quruvchi”
“Buxoro” – “Zomin”
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-23 Осиё Кубоги. Эрон билан дуранг ўйнадик. Гуруҳдан чиқиш масаласи охирги турга қолди
"Барселона" Испания Суперкубоги финалида "Реал"ни мағлуб этиб, бош совринни қўлга киритди
Бугун Испания Суперкубоги финали доирасида “Эл класико” бўлиб ўтади
Эронга қарши учрашувдан сўнг Равшан Ҳайдаров нималар деди?
Fikrlar